Yakshanba, 2019-10-20, 6:52 AM
Главная
Регистрация
Вход
UzShou.CoM
Приветствую Вас Guest | RSS
Меню сайта
Категории раздела
Yangiliklar [75]
Наш опрос
Saytimizda kimning qo'shiqlari ko'p bo'lishini istaysiz ???
Всего ответов: 667
Мини-чат
Статистика

Onlinedagilar: 5
Mexmonlar: 5
Foydalanuvchilar: 0

5:07 PM
Olmaotada Qozog'istondagi birinchi pornostudiya fosh etildi
Olmaotada e'lonlar asosida tanlab olingan qozog'istonlik model qizlar veb-kameralar orqali mijozlar bilan muloqot qiladigan onlayn-pornostudiya yopildi. Shahar politsiya departamentidan ma'lum qilishlaricha, bu Qozog'istonda fosh etilgan ilk pornostudiyadir.

Pornografik materiallar Olmaotaning Medeu tumanida ijaraga olingan ikkita hashamatli kvartirada suratga olingan. «Ushbu studiyada ish — texnik ta'minotdan tortib qizlarning uch smena almashib ishlashigacha bari tizimli yo'lga qo'yilgan», — deydi politsiya podpolkovnigi Daniyar Mendebayev.

Xabar berishlaricha, tintuv jarayonida ko'plab buyumlar musodara qilingan. Pornoaktrisalarning ish joyi ko'plab yumshoq o'yinchoqlar bilan bezatilgan, karavotda esa katta pahmoq ayiqcha bo'lgan.

Modellar 1000 dollar maosh va'da qilingani holda e'lonlar orqali saralab olingan. Politsiya ma'lumotlariga ko'ra, qizlar studiyada baribir buncha pul ishlay olmagan.

Qizlar AQSh va Yevropadagi saytlar uchun o'z tanalarini veb-kameralar orqali namoyish etgan, mijozlar esa buning uchun plastik karta orqali Qozog'istondan tashqarida joylashgan serverga pul to'lagan.

Fosh etilgan kvartirada model qizlar va texnik ta'minot uchun mas'ul bo'lgan qirg'izistonlik dasturchi yigit qo'lga olingan. Politsiya «pornografik materiallarni qonunga zid ravishda tarqatish» moddasi bo'yicha jinoyat ishi ochgan.
Категория: Yangiliklar | Просмотров: 34 | Добавил: Voybu | Теги: Olmaotada Qozog'istondagi birinchi | Рейтинг: 0.0/0
Вход на сайт
Логин:
Пароль:
Поиск
Календарь
«  Sentabr 2019  »
DuSeChoPayJuShaYak
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30
Архив записей
Друзья сайта

| WwW.UzShou.CoM © 2019 | |