Shanba, 2023-12-09, 2:12 AM
Главная
Регистрация
Вход
UzShou.CoM
Приветствую Вас Guest | RSS
Меню сайта
Категории раздела
Yangiliklar [239]
Наш опрос
Saytimizda kimning qo'shiqlari ko'p bo'lishini istaysiz ???
Всего ответов: 712
Мини-чат
Статистика

Onlinedagilar: 1
Mexmonlar: 1
Foydalanuvchilar: 0

5:39 PM
Qo‘shiqchi MakSimga shifoxonadan javob berildi
Rossiyalik qo‘shiqchi MakSimga (Marina Abrosimova) shifoxonadan javob berildi va u endilikda davolanishni uyida davom ettiradi. Bu haqda 13-avgust kuni uning menejeri Margarita Sokolova ma’lum qildi, deb xabar beradi “Korrespondent.net”.

“Bugun Marinamizga shifoxonadan ruxsat berishdi. Bu uning qarori edi. U o‘zida ruxsat berishlarini talab qilib turib oldi. Farzandlarini quchmoqchiligini, buni qila olmaslikdan qo‘rqayotganini aytdi”, — deb yozadi Sokolova Instagram’dagi sahifasiga.

Uning so‘zlariga ko‘ra, qo‘shiqchi uyida professional parvarishni oladi.

“Davolanish va qayta tiklanish uchun mashaqqatli yo‘lni bosib o‘tish kerak”, — deya ta’kidlagan menejer.

Eslatib o‘tamiz, 2021-yilning 15-iyun kuni shifoxonaga yotqizilgan Marinaning ahvoli yomonlashgani tufayli unga sun’iy nafas oldirish apparati ulangan. Keyinroq yana bir og‘ir kasallik aniqlangan ijodkorning ahvoli yomonlashi sababi nima bilan bog‘liq ekani haqida xabar berilgan. Ahvoli og‘irlashgan MakSimni komadan chiqarishning iloji bo‘lmagan. Birozdan so‘ng koronavirus sabab sun’iy komaga tushirilgan xonandaning holati yaxshilana boshlagan. Shundan so‘ng MakSim unga dalda bo‘lgan muxlislariga salom yo‘llagan.
Категория: Yangiliklar | Просмотров: 168 | Добавил: Voybu | Теги: Qo‘shiqchi MakSimga shifoxonadan ja | Рейтинг: 0.0/0
Вход на сайт
Логин:
Пароль:
Поиск
Календарь
«  Avgust 2021  »
DuSeChoPayJuShaYak
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031
Архив записей
Друзья сайта

| WwW.UzShou.CoM © 2023 | |