Qoraqalpog'istonning janubiy tumanlaridan birida ikki yigit balog'atga yetmagan qizni zo'rladi. Bu haqda Qoraqalpog'iston Respublikasi prokuraturasi bo'lim katta prokurori Alfiya Bisenova “Huquq.uz”ga xabar qildi.
Ma'lum bo'lishicha 1993 yilda tug'ilgan Begzod Ergashev o'zining hali balog'atga yetmagan sevgan qizini Oybek Hayitovning bo'sh turgan uyiga chaqiradi. Dastlab Begzod do'stlari Oynazar Muratov, Oybek Hayitov va Shohrux Ixtiyorovlar bilan kafeda aroq ichishgan bo'lgan. Keyinchalik esa “o'tirish”ni davob ettirish maqsadida Hayitovning uyiga borishgan. U yerda yoshlar aroq ichishni davom ettirgan va shu o'rada Begzod sevgan qizini o'sha yerga chaqirgan. Orada ular qizga majburlab aroq ichdirishadi va paytdan foydalangan Begzod qizga yordam bergandek o'zini ko'rsatib, boshqa xonaga olib boradi. U yerda Begzod qizning nomusiga tegadi va kelib do'stlariga maqtanadi. Oynazar ham paytdan foydalanib qizning xonasiga kirib zo'rlaydi. Bu orada qizning ota-onasi qizining yo'qolib qolganidan havotirga tushib IIBga murojaat qilishgan bo'lgan.
Barcha tafsilotlar o'rganilgan, yigitlar o'z aybini qancha yashirishga urinmasin sud hukmiga ko'ra ularga qamoq jazosi tayinlangan.