Juma, 2019-12-06, 9:49 PM
Главная
Регистрация
Вход
UzShou.CoM
Приветствую Вас Guest | RSS
Меню сайта
Категории раздела
Yangiliklar [132]
Наш опрос
Saytimizda kimning qo'shiqlari ko'p bo'lishini istaysiz ???
Всего ответов: 668
Мини-чат
Статистика

Onlinedagilar: 15
Mexmonlar: 15
Foydalanuvchilar: 0

7:03 PM
Qozog'istondagi maktablardan birida 7-sinf o'quvchisining nomusiga tegishdi…
Bu voqea Qozog'istonning Taraz shahrida joylashgan maktablarning birida sodir bo'ldi. Aytishlaricha, maktab ichkarisidagi hojatxona aksar hollarda yopiq turadi. Shuning uchun o'quvchilar ko'chadagi hojatxonaga qatnashga majbur bo'lishadi. Shu yil 18 noyabr kuni dars paytida 12 yashar o'quvchi qiz ham xuddi o'sha ko'chadagi hojatxonaga chiqqan. Shu mahal qaerdandir 38 yoshli pedofil paydo bo'lgan-u, qizchaning nomusiga tekkan. Vaholanki, maktabda yetarlicha videokuzatuv kameralari o'rnatilgan. Lekin o'sha mahal negadir kuzatuvchilar ish joyida bo'lmagan. Shunga qaramay, politsiyachilar pedofilni bir necha soat ichida tutishdi. U ilgari o'g'irlik tufayli qamalib chiqqan 38 yoshli erkak bo'lib chiqdi. Hozirgi paytda pedofil gumondorlarni vaqtinchalik saqlash izolyatoriga joylashtirilgan. Shu voqea sabab bo'lib maktab zavuchi, qorovuli, qizchani yolg'iz ko'chaga chiqargan va keyinchalik xavotirlanishga ham yaramagan muallima ishdan haydaldi. Maktab direktori ham tergovchilarning ko'plab savollariga javob berishi lozim bo'ladi. Jabrlanuvchi qizaloqning ahvoli qoniqarli. Tez orada darslarga qaytishi mumkinligi ma'lum qilingan. Pedofil esa aybi isbotlansa, bir umrga ozodlikdan mahrum etiladi. Albatta, oldin mamlakat qonunlariga ko'ra «kastratsiya» qilinadi.
Категория: Yangiliklar | Просмотров: 35 | Добавил: Voybu | Теги: Qozog'istondagi maktablardan birida | Рейтинг: 0.0/0
Вход на сайт
Логин:
Пароль:
Поиск
Календарь
«  Noyabr 2019  »
DuSeChoPayJuShaYak
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930
Архив записей
Друзья сайта

| WwW.UzShou.CoM © 2019 | |