Shanba, 2020-01-25, 5:17 AM
Главная
Регистрация
Вход
UzShou.CoM
Приветствую Вас Guest | RSS
Меню сайта
Категории раздела
Yangiliklar [185]
Наш опрос
Saytimizda kimning qo'shiqlari ko'p bo'lishini istaysiz ???
Всего ответов: 673
Мини-чат
Статистика

Onlinedagilar: 10
Mexmonlar: 10
Foydalanuvchilar: 0

4:29 PM
Rossiyada og‘zidagi sigaret bilan petarda yoqqan erkak halok bo‘ldi
Rossiyaning Podmoskovya viloyati Klinsk shahar okrugida yashovchi erkak petarda portlashi oqibatida halok bo‘ldi. Bu haqda “Moskva” agentligi xabar bergan.

Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, 28-dekabr oqshomida 33 yoshli Klinskda yashovchi erkak do‘stlari bilan birga ichkilikbozlik qilish chog‘ida feyerverk va petardalarni yoqqan. U og‘zidagi sigaret uchidagi cho‘g‘ bilan uchinchi petardani yoqqan vaqtida atrof qattiq gumburlagan va erkak yerga qulagan. Hodisa guvohi bo‘lganlar qurbonning yuzi va boshida kuyish belgilari qolganini bildirgan. Voqea joyiga tez tibbiy yordam chaqirilgan.

Shifokorlar yetib kelganida erkak allaqachon halok bo‘lgandi. Qurbonning qarindoshlari uning internet-do‘kon orqali bir yil avval petarda xarid qilganini aytgan.

“Guvohlar erkakning petardani o‘zi yoqqanmi yoki pirotexnika vositasi sigaret cho‘g‘idan alanga olgani borasida aniq fikr ayta olmagan. Surishtiruv ishlar davom etmoqda”, — deydi tergov vakili Vradiy.

Noyabr oyida Vladivostokda yashaydigan ayol qo‘lida petarda portlashi oqibatida barmog‘idan ayrilgan. 61 yoshli ayol hovlida tozalash ishlari olib borayotgan vaqtida ustiga “Hellouin bilan” deb yozilgan paket topib olgan, yakunda u portlagan.
Категория: Yangiliklar | Просмотров: 29 | Добавил: Voybu | Теги: Rossiyada og‘zidagi sigaret bilan p | Рейтинг: 0.0/0
Вход на сайт
Логин:
Пароль:
Поиск
Календарь
«  Dekabr 2019  »
DuSeChoPayJuShaYak
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031
Архив записей
Друзья сайта

| WwW.UzShou.CoM © 2020 | |