Shanba, 2020-01-25, 6:41 AM
Главная
Регистрация
Вход
UzShou.CoM
Приветствую Вас Guest | RSS
Меню сайта
Категории раздела
Yangiliklar [185]
Наш опрос
Saytimizda kimning qo'shiqlari ko'p bo'lishini istaysiz ???
Всего ответов: 673
Мини-чат
Статистика

Onlinedagilar: 11
Mexmonlar: 11
Foydalanuvchilar: 0

9:10 PM
Rossiyadagi konda sodir bo‘lgan yong‘in oqibatida 3 nafar o‘zbekistonlik halok bo‘ldi
8-dekabr kuni ertalab soat 6:45 da Rossiyaning Yamalo-Nenesk avtonom okrugi Tazov tumani Pyakyaxin konida sodir bo‘lgan yong‘in oqibatida 3 nafar O‘zbekiston fuqarosi A.E., E.D. va A.S. vafot etdi, yana bir o‘zbekistonlik fuqaro T.A. kuyib shifoxonaga joylashtirildi, deb xabar berdi Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati.

Qayd etilishicha, ayni paytda tegishli organlar tomonidan tergov tadbirlari o‘tkazilmoqda.

Bosh konsulxona vaziyatni nazoratga oldi va O‘zbekiston Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Moskva shahridagi vakolatxonasi bilan birgalikda marhumlarning jasadlarini vatanga yuborish bilan bog‘lik konsullik-huquqiy, tashkiliy va boshqa masalalar bilan shug‘ullanmoqda.

“Konsullik-huquqiy departamenti marhumlarning oila a’zolari va yaqinlariga hamdardlik izhor etgan hamda Rossiyaning Ural federal okrugi (Kurgan viloyati, Sverdlovsk oblasti, Tyumen viloyati, Chelyabinsk viloyati, Xanti-Mansiysk avtonom okrugi – Yugra, Yamal-Nenesk avtonom okrugi) hududida bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolari zarur holatlarda mamlakatning Yekaterinburg shahridagi bosh konsulxonasiga quyidagi telefon raqamlari orqali murojaat qilishlari mumkinligini eslatib o‘tgan: +7 343 276 31 66, +7 343 272 31 33”, — deyiladi xabarda.
Категория: Yangiliklar | Просмотров: 26 | Добавил: Voybu | Теги: Rossiyadagi konda sodir bo‘lgan yon | Рейтинг: 0.0/0
Вход на сайт
Логин:
Пароль:
Поиск
Календарь
«  Dekabr 2019  »
DuSeChoPayJuShaYak
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031
Архив записей
Друзья сайта

| WwW.UzShou.CoM © 2020 | |