Payshanba, 2019-08-22, 7:32 AM
Главная
Регистрация
Вход
UzShou.CoM
Приветствую Вас Guest | RSS
Меню сайта
Категории раздела
Yangiliklar [40]
Наш опрос
Saytimizda kimning qo'shiqlari ko'p bo'lishini istaysiz ???
Всего ответов: 657
Мини-чат
Статистика

Onlinedagilar: 30
Mexmonlar: 30
Foydalanuvchilar: 0

11:22 AM
Samarqandda 82 yoshli qariya 9 yashar qizaloqni zo'rlaganlikda ayblandi…
U Samarqand viloyatining Qo'shrabot tumanidagi qishloqlardan birida yashaydi. Huquqni muhofaza qilish tashkiloti xodimlarining aytishicha, shu yil 25 iyul kuni 82 yoshli R.O. ismli qariya 9 yashar qizaloqning nomusiga tekkan.

82 yoshli otaxon 25 iyul kuni tog' qishloqlardan biridagi uyiga tomorqasini sug'orish niyatida borgan, — deyishdi huquqni muhofaza qilish tashkiloti xodimlari. — Kelgach, qo'shnisi 38 yoshli O.B. nikiga kirgan. Bu vaqtda qo'shnining uyida 9 yashar qizchasi M.B. bo'lgan. Hech kim yo'qligidan unumli foydalangan qariya qizaloqni zo'rlab, kuch ishlatgan holda nomusini poymol qildi. Qizaloq zo'rlash oqibatida hushidan ketgan. R.O. ismli bu benomus va iymonsiz qariya o'sha zahoti juftakni rostlab qolgan. Xo'sh, qochib qaerga boradi? Buzoqning yugurgani somonxonagacha deb bekorga aytishmagan. Iymonini yutgan qariya qo'lga olindi. Unga nisbatan respublika jinoyat majmuasining 118- moddasi (“Nomusga tegish”) ga asosan jinoiy ish qo'zg'atildi. Qizaloqqa esa o'sha kuniyoq tibbiy yordam ko'rsatildi.

Vrachlarning aytishicha, qizchani kasalxonaga olib kelishgach, ginekologlar ko'rigidan o'tkazilgan. Kerakli muolajalarni olgach, u uyiga jo'nab ketgan.

Zo'rlangan qizaloqning maktabda ona tili va adabiyoti fanidan o'quvchilarga dars beruvchi xolasining gapiga qaraganda, gumondor qo'lga olingach, tergov jarayonidan so'ng uni uyiga qo'yib yuborishgan.

— Men muallima va jabrlanuvchining yaqin qondoshi sifatida u yaramas sudgacha ham qamoqda o'tirishini xohlayman. — dedi ayol. — Nega uyiga qo'yib yuborishadi?

Qo'shrabot tuman ichki ishlar bo'limi xodimlari qariya tilxat asosida uyiga qo'yib yuborilganini aytishdi. Uni o'zi yashaydigan mahalla faollari himoya qilganmish.

— Ha, biz qo'yib yubordik, — dedi ichki ishlar xodimlaridan biri. — 82 yoshli qariyani qamoqda ushlab turmaymiz-ku! Qolaversa, tilxat yozdirib oldik. Mahallasidagilar mas'uliyatni bo'yniga oldi. Bundan tashqari, qariya endi bunday ifloslik qilmasligini bilamiz. Sudga o'z vaqtida kelsa bo'ldi-da!

Muallima xola yana shuni alohida ta'kidladiki, qizaloqning ota-onasiga ishni yopdi-yopdi qilish niyatida bosim o'tkazilmoqda ekan.

— Jiyanimning otasi juda sodda yigit. — dedi muallima. — Hech qachon birovga yomonlik qilmagan. Prokuraturaga shikoyat arizasi bilan murojaat qilmoqchiydi, qariyaning badavlat o'g'illari qo'rqitishga o'tishdi. Shundan keyin otasi yuqori tashkilotlarga shikoyat qilish fikridan qaytdi. Endi jiyanimning onasiga bosim o'tkaza boshlashdi. Ammo bilib qo'yishsin, bir begunoh go'dakning kelajagini rasvo qilganlarni biz qarindoshlar ham tinch qo'yib bo'pmiz. Talab qilamiz. Qariya qilmishiga yarasha albatta jazo olishi kerak.
Категория: Yangiliklar | Просмотров: 286 | Добавил: Voybu | Теги: Samarqandda 82 yoshli qariya 9 yash | Рейтинг: 0.0/0
Вход на сайт
Логин:
Пароль:
Поиск
Календарь
«  Avgust 2019  »
DuSeChoPayJuShaYak
   1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031
Архив записей
Друзья сайта

| WwW.UzShou.CoM © 2019 | |