Payshanba, 2020-01-23, 3:19 AM
Главная
Регистрация
Вход
UzShou.CoM
Приветствую Вас Guest | RSS
Меню сайта
Категории раздела
Yangiliklar [183]
Наш опрос
Saytimizda kimning qo'shiqlari ko'p bo'lishini istaysiz ???
Всего ответов: 672
Мини-чат
Статистика

Onlinedagilar: 7
Mexmonlar: 7
Foydalanuvchilar: 0

5:44 PM
Samarqandda aroqxo'r erini o'ldirgan 50 yoshli ayol 8 yilga qamaldi
Samarqandda ichkilikka ruju qo'ygan turmush o'rtog'ini o'ldirgan ayolgan nisbatan sud hukmi o'qildi. Joriy yilning 8 avgust kuni soat taxminan 17:00 atrofida Jomboy tumani «Samarqand» mahallasida yashovchi S.Xoljigitov spirtli ichimlik ta'sirida mast bo'lgan holda yashash uyiga kelib, uyining oshxonasida turmush o'rtog'i S.Sheykina bilan janjallashgan. S.Xoljigitov mazkur janjalni to'xtatmoqchi bo'lgan qizi N.Xoljigitova bilan ham og'zaki aytishib, uni urmoqchi bo'lgan. Bu holatni ko'rgan N.Xoljigitovaning nikohsiz turmush o'rtog'i U.Fatkullin S.Xoljigitovni tinchlantirmoqchi bo'lgan. Bundan g'azablangan S.Xoljigitov U.Fatkullinga ham yopishib, u bilan yoqalashgan holda xonadon hovlisiga chiqib, janjalni davom ettirgan. S.Sheykina turmush o'rtog'i S.Xoljigitovdan yanada nafratlanib, uni hayotdan mahrum qilish orqali oldindan bo'lib kelayotgan nizolarga barham berishni rejalashtirgan. Shu maqsadda S.Sheykina turmush o'rtog'i S.Xoljigitovni qasddan o'ldirishga qaratilgan maqsadini amalga oshirish uchun ikki dona oshxona pichog'i bilan U.Fatkullin bilan o'zaro yoqalashib turgan turmush o'rtog'i S.Xoljigitovning og'ir darajada mastligidan foydalanib, uni orqa tomonidan kelib tanasiga besh marotaba zarba bergan. U.Fatkullin S.Sheykinani zudlik bilan to'xtatib, qo'lida bo'lgan pichoqlarni olib qo'ygan. S.Xoljigitovning hayotini saqlab qolish maqsadida U.Fatkullin tez tibbiy yordam chaqirgan va tez tibbiy yordam yetib kelgunga qadar birinchi yordam ko'rsatgan. Ammo S.Xoljigitov olgan tan jarohatlari sababli shifoxonaga yetib borgunga qadar vafot etgan. Jinoyat ishlari bo'yicha Samarqand viloyat sudining sudyasi To'lqin Qodirov ma'lum qilishicha, sudlanuvchi S.Sheykina O'zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 97-moddasi (qasddan odam o'ldirish) 2-qismi «v» bandida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilib, Jinoyat kodeksining 57-moddasini (engilroq jazo tayinlash) qo'llab, 8 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.
Категория: Yangiliklar | Просмотров: 27 | Добавил: Voybu | Теги: Samarqandda aroqxo'r erini o'ldirga | Рейтинг: 0.0/0
Вход на сайт
Логин:
Пароль:
Поиск
Календарь
«  Dekabr 2019  »
DuSeChoPayJuShaYak
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031
Архив записей
Друзья сайта

| WwW.UzShou.CoM © 2020 | |