Juma, 2020-01-24, 8:37 PM
Главная
Регистрация
Вход
UzShou.CoM
Приветствую Вас Guest | RSS
Меню сайта
Категории раздела
Yangiliklar [185]
Наш опрос
Saytimizda kimning qo'shiqlari ko'p bo'lishini istaysiz ???
Всего ответов: 673
Мини-чат
Статистика

Onlinedagilar: 18
Mexmonlar: 18
Foydalanuvchilar: 0

3:45 PM
Samarqandda qiziga tegajog‘lik qilgan shaxsni urib o‘ldirgan ota 17 yilga qamaldi
2019-yilning yozida hamshishasini temir bo‘lagi bilan urib o‘ldirgan erkak 17 yilda ozodlikdan mahrum etildi. Bu haqda “Daryo” muxbiri Farhod Norbo‘tayev xabar bermoqda.

2019-yilning 2-iyul kuni soat taxminan 13:30 atrofida giyohvandlik moddasi iste’mol qilib, mast bo‘lgan Shukrullo Xurramov Urgut tumani “G‘oyibota” mahallasidagi yashash uyida tanishi Ziyodullo Xoliqnazarov bilan birga spirtli ichimlik iste’mol qilgan. Aroqqa gazagi qolmaganidan so‘ng, Shukrulla Xurramov gazak olib kelish maqsadida “Beshkapa” mahallasidan jigar pishirtirib olib kelish uchun uyidan chiqib ketgan.

Shukrullo Xurramovni uyda yo‘qligidan foydalanmoqchi bo‘lgan Ziyodullo Xoliqnazarov uning yolg‘iz uxlab yotgan qizi K.T.ga tegajog‘lik qilmoqchi bo‘lganda u uyg‘onib xonadan tashqariga qochib chiqib ketgan.

Tashqariga chiqqan K.T. choyxonadan qaytib kelayotgan otasi Shukrullo Xurramovni ko‘rib, unga Ziyodullo Xoliqnazarov tegajog‘lik qilganligini aytgan. Xurramov tanishining xatti-harakatlaridan g‘azablanib, spirtli ichimlik iste’moli ta’sirida og‘ir darajadagi mastlik holatida bo‘lgan Ziyodullo Xoliqnazarovni temir bo‘lagi bilan tanasining turli sohalariga bir necha marotaba urib, jarohat yetkazgan. Natijada u olgan tan jarohatlari tufayli hodisa joyida vafot etgan.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Samarqand viloyat sudi sudyasi G‘ayrat Negmatovning ma’lum qilishicha, Shukrullo Xurramov Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismi “v”,“j” bandlarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga 17 yil 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.
Категория: Yangiliklar | Просмотров: 29 | Добавил: Voybu | Теги: Samarqandda qiziga tegajog‘lik qilg | Рейтинг: 0.0/0
Вход на сайт
Логин:
Пароль:
Поиск
Календарь
«  Dekabr 2019  »
DuSeChoPayJuShaYak
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031
Архив записей
Друзья сайта

| WwW.UzShou.CoM © 2020 | |