Главная » 2019 » Dekabr » 25 » Samarqandda «Spark» ikki ayolni urib ketdi. Ayollarning biri halok bo'ldi…
7:36 AM
Samarqandda «Spark» ikki ayolni urib ketdi. Ayollarning biri halok bo'ldi…
Shu yil 22 dekabr kuni soat taxminan 23: 30 da «Spark» avtomobilini boshqarib borayotgan 30 yoshli haydovchi «4R48» «Eshimoksok-Jomboy», avtomobil yo'lining to'rtinchi kilometrida ikki nafar 30 yosh atrofidagi ayolni urib ketgan. Ikkala ayol ham jiddiy tan jarohati olgan. Ularning biri kasalxonaga yetmay jon bergan. Ikkinchi jabrlanuvchi ayol Jomboy tuman markaziy kasalxonasiga yotqizilgan.
Ushbu fakt bo'yicha jinoiy ish qo'zg'atildi. Dastlabki tergov harakatlari boshlangan.