Главная » 2019 » Dekabr » 1 » Samarqandda uylanish arafasida turgan yigitni do'stlardan biri o'ldirib qo'ydi…
2:51 PM
Samarqandda uylanish arafasida turgan yigitni do'stlardan biri o'ldirib qo'ydi…
U Anvar ismli yigit edi. Bir necha kundan keyin uning nikoh to'yi bo'lib o'tishi lozim edi. Shu munosabat bilan do'stlari Anvarning uyida to'planib, to'y xarajatlari masalasida maslahatlashishayotgandi. Ular o'zaro kelishgan holda ma'lum miqdorda o'rtaga pul tashlashdi. Biroq do'stlardan birining buncha puli yo'q ekan. Yarminigina berdi. Bu qolgan do'stlarning ensasini qotirdimi, yo uni masxaralay boshlashdimi, ishqilib oralarida janjal chiqdi. Do'stlaridan ranjigan yigit qo'liga pichoq oldi. Shu tobda Anvar ularni ayirayotgandi. Tasodifan pichoqni uning bo'yniga sanchdi. Anvar og'ir tig' jarohati bilan kasalxonaga yotqizildi. Komaga tushib qolgandi. Ikki haftadan keyin olamdan o'tdi. Shunday qilib orzumand yigit chimildiq ko'rmay yorug' dunyoni tark etdi.
Ollohning o'zi Anvarni rahmatiga olsin! Yaqinlariga bardosh ato etsin!
Qotil qo'lga olingan.