Seshanba, 2020-05-26, 6:26 AM
Главная
Регистрация
Вход
UzShou.CoM
Приветствую Вас Guest | RSS
Меню сайта
Категории раздела
Yangiliklar [220]
Наш опрос
Saytimizda kimning qo'shiqlari ko'p bo'lishini istaysiz ???
Всего ответов: 677
Мини-чат
Статистика

Onlinedagilar: 5
Mexmonlar: 5
Foydalanuvchilar: 0

8:21 PM
Singapur o‘z aholisiga pul tarqatmoqda va bu birinchi marta emas
Ajoyib shahar-davlat Singapur Osiyo janubi-sharqidagi orolda joylashgan va butun dunyoni nafaqat o‘zining diqqatga sazovor joylari, balki davlat boshqaruvining yorqin namunasi bilan ham hayratlantirib kelmoqda. Singapurliklar o‘z mamlakati bilan juda faxrlanishadi, axir ular haqiqiy iqtisodiy mo‘’jizani amalga oshira oldilar — uchinchi dunyo mamlakatlari ro‘yxatidan eng ilg‘orlar qatoriga ustomonlik bilan o‘tishdi.

Shunday qilib, Singapurning so‘nggi 30 yildagi iqtisodiy muvaffaqiyatlari ko‘plab, hattoki eng rivojlangan davlatlarni ham ortda qoldirdi. Yuqori narxli jarimalar va qattiqqo‘l qonunlar mitti mamlakat aholisini cho‘chitmaydi. Aynan jinoyatchilarga nisbatan qo‘llanadigan bunday shafqatsiz jazolar evaziga u yerda tunda ham bexavotir sayr qilish mumkin.

Shahar-davlat hukumati korrupsiya ustidan batamom g‘alaba qozongan va bu iqtisodiyotdagi keskin ko‘tarilishning asosiy sabablaridan biri bo‘lgan. Endilikda Singapur yetakchi moliyaviy markazlar orasida to‘rtinchi o‘rinni band qilgan va yalpi ichki mahsulot ko‘rsatkichlariga ko‘ra dunyo yetakchilari beshligiga kiradi.

Budjetda keragidan ortiq mablag‘ yig‘ilishi tufayli Singapur Moliya vazirligi ortiqcha pulni oddiy fuqarolarga taqsimlashni joriy etgan. Singapurning bu o‘ziga xosligi aqlga sig‘mas hodisa bo‘lib ko‘rinadi. Biroq bu fakt, har yili ortiqcha pul qoldiqlari aholining balog‘atga yetgan vakillari o‘rtasida ularning yillik daromadlaridan kelib chiqib taqsimlab kelinmoqda.

Misol uchun, 100 ming Singapur dollari miqdorida daromad darajasidagi fuqaroga yiliga 100 dollar, 30 mingdan kamroq ishlab topuvchiga esa 300 dollar pul ajratiladi. 2017 yilda singapurliklarga hukumat tomonidan deyarli 7,3 milliard dollar sovg‘a qilingan, 2018 yilda esa — 511 million dollar. Hukumat shu tarzda mamlakat rivojlanishidagi yutuqli natijalarni baham ko‘rishadi. Bu pullarga muhtoj bo‘lmaganlarga pulni boshqalarga hadya qilish tavsiya qilinadi.

Shu qadar saxiy to‘lovga qaramay, Singapurda davlat xizmatchilari uchun qiziqarli bonus tizimi ham amal qiladi. Bu yerda davlat xizmatchilarining maoshi juda past, shuning uchun davlat qo‘shimcha maosh va mukofot pullari ajratadi. Kam daromad topuvchi odamlar daromad soliqlaridan butunlay ozod qilingan.
Категория: Yangiliklar | Просмотров: 84 | Добавил: Voybu | Теги: Singapur o‘z aholisiga pul tarqatmo | Рейтинг: 0.0/0
Вход на сайт
Логин:
Пароль:
Поиск
Календарь
«  Dekabr 2019  »
DuSeChoPayJuShaYak
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031
Архив записей
Друзья сайта

| WwW.UzShou.CoM © 2020 | |