Juma, 2022-08-19, 11:39 PM
Главная
Регистрация
Вход
UzShou.CoM
Приветствую Вас Guest | RSS
Меню сайта
Категории раздела
Yangiliklar [239]
Наш опрос
Saytimizda kimning qo'shiqlari ko'p bo'lishini istaysiz ???
Всего ответов: 706
Мини-чат
Статистика

Onlinedagilar: 9
Mexmonlar: 9
Foydalanuvchilar: 0

10:57 AM
Surxondaryoda 4 oyga qarzga berib 4 yilda ham ololmagan fuqaroning 12 ming dollari undirib berildi
Surxondaryoning Sho‘rchi tumanida fuqaro Ch.B.ning 4 yildan beri ololmagan qarzi undirib berildi. Bu haqda “Daryo”ga MIB matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, Ch.B. yaqin tanishiga 12 ming 700 dollarni 2015-yilning 10-mart kuni 4 oy muddatga qarz sifatida berib turgan. 4 oy muddatga deb olingan qarz 3 yilda ham qaytarilmagach, Ch.B. fuqarolik ishlari bo‘yicha Denov tumanlararo sudiga murojaat qilgan.

Fuqarolik ishlari bo‘yicha Denov tumanlararo sudi tomonidan uning da’vo arizasi qisman ta’minlanib, 12 ming dollarning milliy valyutaga nisbatan qiymati, ya’ni 97 million 756 ming 560 so‘m miqdoridagi qarz undirish belgilangan.

Ijro harakatlari davomida MIBning Sho‘rchi tumani bo‘limi tomonidan belgilangan qarz to‘liq undrilib, Ch.B.ga tilxat asosida topshirilgan.
Категория: Yangiliklar | Просмотров: 205 | Добавил: Voybu | Теги: Surxondaryoda 4 oyga qarzga berib 4 | Рейтинг: 0.0/0
Вход на сайт
Логин:
Пароль:
Поиск
Календарь
«  Noyabr 2019  »
DuSeChoPayJuShaYak
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930
Архив записей
Друзья сайта

| WwW.UzShou.CoM © 2022 | |