Chorshanba, 2020-02-19, 4:35 AM
Главная
Регистрация
Вход
UzShou.CoM
Приветствую Вас Guest | RSS
Меню сайта
Категории раздела
Yangiliklar [192]
Наш опрос
Saytimizda kimning qo'shiqlari ko'p bo'lishini istaysiz ???
Всего ответов: 673
Мини-чат
Статистика

Onlinedagilar: 2
Mexmonlar: 2
Foydalanuvchilar: 0

1:13 PM
Surxondaryoda mast erkak ayol tanishini do‘pposlab o‘ldirib qo‘ydi
Joriy yilning 28-yanvar kuni taxminan soat 21:00 larda, Surxondaryo viloyati Termiz tumani “Yangi hayot” mahallasida yashovchi fuqaro 41 yoshli R.N. (ayol) tanishi 36 yoshli E.L.ni uyiga mehmonga chaqirib, birgalikda spirtli ichimliklar iste’mol qilgan. Ikkovlon spirtli ichimlik ta’sirida o‘zaro janjallashib qolgan, janjal vaqtida E.L. fuqaro R.N.ni tanasining turli joylariga bir-necha marotaba qo‘li va oyoqlari bilan urib, tepib, o‘ta shafqatsizlik bilan do‘pposlab unga tan jarohati yetkazgan.

Voqeadan so‘ng fuqaro R.N. uyidan chiqib ketib, taxminan 600 metr masofa yurib, yerga yiqilgan va ichki a’zolari, bosh miyasiga yetkazilgan tan jarohatlari tufayli vafot etgan, deb yozmoqda IIV huzuridagi Tergov departamenti.

Mazkur holat yuzasidan Termiz tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan E.L.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 2-qismi “v” bandi ya’ni Qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish ayblovi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan va dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Категория: Yangiliklar | Просмотров: 21 | Добавил: Voybu | Теги: Surxondaryoda mast erkak ayol tanis | Рейтинг: 0.0/0
Вход на сайт
Логин:
Пароль:
Поиск
Календарь
«  Fevral 2020  »
DuSeChoPayJuShaYak
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
242526272829
Архив записей
Друзья сайта

| WwW.UzShou.CoM © 2020 | |