Shanba, 2020-01-25, 5:46 AM
Главная
Регистрация
Вход
UzShou.CoM
Приветствую Вас Guest | RSS
Меню сайта
Категории раздела
Yangiliklar [185]
Наш опрос
Saytimizda kimning qo'shiqlari ko'p bo'lishini istaysiz ???
Всего ответов: 673
Мини-чат
Статистика

Onlinedagilar: 19
Mexmonlar: 18
Foydalanuvchilar: 1
apkpure

2:52 PM
Tojikistonlik talaba militsiya bo'limidagi tergovdan so'ng joniga qasd qildi…
Tojikistondagi Ko'lob universiteti talabasi Jonibek Xo'jamurodovni 19 dekabr kuni kechasi militsiya bo'limiga olib ketishgandi. Uni ayol kishining nomusiga tekkanlikda ayblashdi. Tergovdan keyin Jonibek o'zini osib qo'ygan. Yaqinlarining aytishicha, 25 yoshli Jonibekni qo'rqitish yo'li bilan ayblovni tan olishga majbur etishgan. Unga nisbatan kuch ishlatishgan.

— Kecha menga tergovchi qo'ng'iroq qildi, — deydi marhumning tog'asi Tolbak Mayxonov. — Militsiya bo'limida uni nomusga tegish jinoyatini sodir etganlikda ayblashdi va kuch ishlatish yo'li bilan tushuntirish xati yozishini, ayblovni bo'yniga olishini talab qilishdi. Jonibek qon yig'lagancha bunday jinoyatga qo'l urmaganini tavallo qildi. Tergovchi mendan ham tashqariga chiqishni talab qilgandi. Ammo chiqmadim. Tergov oxirigacha o'tirdim. Tergovchi «Seni uch yilga qamatib yuboraman. Bilasanmi nomusga tegib qamalganlarni turmada nima qilishadi?..», deya baqirganiga ham shaxsan guvoh bo'ldim. Tergovdan keyin men ish bilan Dang'araga jo'nab ketdim. Jiyanim Jonibekni esa qo'yib yuborishdi. U uyga ketdi. Erta tongda Jonibekning murdasiga ro'baro' bo'ldik. U o'zini osib qo'yibdi…

Jonibek Xo'jamurodov hali bola ekanida otasidan ayrilgan. Uni tog'asi Tolbak Mayxonov katta qilibdi.

Hozirda ushbu fakt yuzasidan jinoiy ish qo'zg'atilgan. Tergov jarayoni boshlangan.
Категория: Yangiliklar | Просмотров: 22 | Добавил: Voybu | Теги: Tojikistonlik talaba militsiya bo'l | Рейтинг: 0.0/0
Вход на сайт
Логин:
Пароль:
Поиск
Календарь
«  Dekabr 2019  »
DuSeChoPayJuShaYak
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031
Архив записей
Друзья сайта

| WwW.UzShou.CoM © 2020 | |