Главная » 2019 » Dekabr » 9 » Tojikistonlik yigit 13 yashar qizni spirtli ichimlik ichirib, keyin nomusiga tegdi…
9:15 PM
Tojikistonlik yigit 13 yashar qizni spirtli ichimlik ichirib, keyin nomusiga tegdi…
Rossiyaning Peterburg shahri yaqinida 13 yashar qizaloq ishonuvchanlik va shayton suviga qullik qurboniga aylandi. Ma'lumotlarga ko'ra, yaqinda Kolpino tuman ichki ishlar bo'limiga №5 bolalar kasalxonasidan qo'ng'iroq qilib 13 yoshli qiz og'ir ahvolda olib kelinganini aytishdi. Qizaloqning aytishicha, yoshi ulug' erkak unga spirtli ichimlik ichirib, keyin nomusiga tegibdi.
Ma'lumotda aytiladiki, shu yil 4 dekabr kuni 13 yashar ismi-sharifi tergov manfaatlarini ko'zlab sir tutilgan qiz u qadar yaxshi tanish bo'lmagan 22 yoshli yigit bilan birga Metallostroy posyolkasiga borgan. Yigitning ismi Salimjon ekan. Ular ikkovlashib kech soat 17: 30 dan to yarim tungacha birgalikda spirtli ichimlik ichishgan. Kayfi oshgach, Salimjon qizaloqqa tegina boshlagan va bir soat davomida u bilan jinsiy munosabat yuritgan. Keyinchalik yigitning shaxsi aniqlandi. U 22 yoshli tojikistonlik muhojir bo'lib chiqdi.
Hozirda ushbu fakt yuzasidan jinoiy ish qo'zg'atilgan. Gumondor qidirilmoqda.