Chorshanba, 2021-09-29, 4:59 AM
Главная
Регистрация
Вход
UzShou.CoM
Приветствую Вас Guest | RSS
Меню сайта
Категории раздела
Yangiliklar [239]
Наш опрос
Saytimizda kimning qo'shiqlari ko'p bo'lishini istaysiz ???
Всего ответов: 702
Мини-чат
Статистика

Onlinedagilar: 8
Mexmonlar: 5
Foydalanuvchilar: 3
jonathandd11, standrtno, nevawc60

11:17 AM
Voyaga yetmagan qizni zo‘rlaganlikda ayblanayotgan Jasur Umirov qamoqqa olindi

Xonanda Jasur Umirov voyaga yetmagan Sh.M.ning nomusiga teggani yuzasidan 9-dekabr kuni Samarqand viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan jinoyat ishi qo'zg'atgan va hozirda dastlabki tergov harakatlari bormoqda, deya xabar bermoqda viloyat prokuraturasi.

Sh.M. advokati M.Rustamova bilan birgalikda viloyat prokuraturasiga murojaat etib, tergov harakatlaridan noroziliklarini bayon etgan. Shundan so‘ng jinoyat ishi viloyat prokuraturasi tomonidan nazoratga olingan.

Ishda to‘plangan dalillar asosida xonandaga nisbatan Jinoyat kodeksining 118-moddasi 3-qismi “a” bandi (o‘n sakkiz yoshga to‘lmagan shaxsning nomusiga tegish) bilan ayb e’lon qilinib, sudning 21-dekabr kunidagi ajrimiga asosan unga nisbatan qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llanildi.

Jinoyat ishi tergovi viloyat prokurori R.Masharipov tomonidan alohida nazoratga olindi.

Avvalroq bu ish bo‘yicha O‘zbekistonning mashhur xonandasi Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on tumanida litseyning birinchi kursini endigina tamomlagan, voyaga yetmagan qizning nomusiga teggani, IIB esa xonandaga nisbatan jinoiy ish ochishni rad etgani, Bosh prokuratura qaror qonuniyligini tekshirishi ma'lum qilingandi. Shundan so‘ng Bosh prokuratura mazkur holat bo‘yicha qo‘shimcha tekshiruv tayinlangani haqida xabar bergandi.

Категория: Yangiliklar | Просмотров: 67 | Добавил: Voybu | Теги: Voyaga yetmagan qizni zo‘rlaganlikd | Рейтинг: 0.0/0
Вход на сайт
Логин:
Пароль:
Поиск
Календарь
«  Dekabr 2020  »
DuSeChoPayJuShaYak
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
28293031
Архив записей
Друзья сайта

| WwW.UzShou.CoM © 2021 | |