Payshanba, 2019-08-22, 7:45 AM
Главная
Регистрация
Вход
UzShou.CoM
Приветствую Вас Guest | RSS
Меню сайта
Категории раздела
Yangiliklar [40]
Наш опрос
Saytimizda kimning qo'shiqlari ko'p bo'lishini istaysiz ???
Всего ответов: 657
Мини-чат
Статистика

Onlinedagilar: 27
Mexmonlar: 27
Foydalanuvchilar: 0

3:46 PM
Xushxabar: Jazirama tugadi! O'zbekistonda uzoq kutilgan salqin havo kuzatiladi
O'zbekistonda anomal jaziramadan so'ng nihoyat havo temperaturasi pasayadi, deb xabar qilmoqda Sputnik O'zgidrometga tayanib. Yaqin kunlarda harorat kunduzi +32 daraja issiq, kechasi +18 daraja iliq bo'ladi.
Xususan, Toshkentda havo kam bulutli bo'lib, yog'ingarchiliksiz kechadi. Qoraqalpog'iston va Xorazm viloyatlarida bulutli ob-havo kuzatiladi, yog'ingarchilik bo'lmaydi, havo harorati +36 darajagacha ko'tarilishi mumkin.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida kam bulutli bo'ladi, yog'ingarchilik kuzatilmaydi, +37 daraja issiq bo'ladi. G'arbdan esuvchi shamol tezligi soniyasiga 7—12 metrni tashkil etadi va 15—20 m/s gacha kuchayishi mumkin.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida yog'ingarchilik kuzatilmaydi, havo harorati +40 daraja ko'tarilishi mumkin. 26—28 iyul kunlari kechasi +20…+25 daraja, kunduzi +33…+38 daraja issiq kuzatiladi.
Andijon, Namangan va Farg'ona viloyatlarida +36 daraja issiq bo'ladi. Respublikaning tog'li hududlarida atigi +27 daraja bo'ladi.
Eslatib o'tamiz, O'zbekistonda anomal jazirama ikki haftadan buyon davom etmoqda va hatto yangi rekordlarni o'rnatdi.
Категория: Yangiliklar | Просмотров: 145 | Добавил: Voybu | Теги: Xushxabar: Jazirama tugadi! O'zbeki | Рейтинг: 0.0/0
Вход на сайт
Логин:
Пароль:
Поиск
Календарь
«  Iyul 2019  »
DuSeChoPayJuShaYak
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031
Архив записей
Друзья сайта

| WwW.UzShou.CoM © 2019 | |