Главная » 2019 » Noyabr » 16 » Yangi yil bayrami arafasida necha kun dam olamiz?
5:59 PM
Yangi yil bayrami arafasida necha kun dam olamiz?
2017 yildan dam olish kunlarini tartibga solish an'anasi boshlangandi. Natijada o'tgan 2 yilda (2018, 2019) haftasiga 5 kun ishlovchi xodimlar yangi yil bayrami arafasida ketma-ket 5 kun dam olishgan edi.
Joriy yilgi tartibga ko'ra, oldingidek ketma-ket 5 kunlik dam olish bo'lmaydi, 3 kun ketma-ket bo'ladi, xolos.
Haftasiga 5 kun ishlovchi xodimlarga quyidagi kunlar dam olish kuni hisoblanadi:
31 dekabr – seshanba (ko'chirilgan dam olish kuni); 1 yanvar – chorshanba (Yangi yil bayrami); 2 yanvar – payshanba (ko'chirilgan dam olish kuni); Izoh: 28 dekabr (shanba) hamda 4 yanvar (shanba) kunlari haftasiga 5 kun ishlovchilar uchun rasman ish kuni bo'ladi.
Haftasiga 6 kun ishlovchi xodimlarga quyidagi kunlar dam olish kuni hisoblanadi:
1 yanvar – chorshanba (Yangi yil bayrami); 2 yanvar – payshanba (qo'shimcha dam olish kuni). Izoh: 30 va 31 dekabr kunlari haftasiga 6 kun ishlovchilar uchun rasman ish kuni bo'ladi.