Shanba, 2020-01-25, 5:43 AM
Главная
Регистрация
Вход
UzShou.CoM
Приветствую Вас Guest | RSS
Меню сайта
Категории раздела
Yangiliklar [185]
Наш опрос
Saytimizda kimning qo'shiqlari ko'p bo'lishini istaysiz ???
Всего ответов: 673
Мини-чат
Статистика

Onlinedagilar: 17
Mexmonlar: 16
Foydalanuvchilar: 1
apkpure

11:29 AM
Yunusoboddagi metro qurilishida oltinchi qurbon tuproq ostidan olib chiqildi
Toshkent metropoliteni “Yunusobod” yo‘lining yangi qurilayotgan qismida 18-dekabr kuni favqulodda vaziyat vujudga kelgan edi. Favqulodda vaziyatlar vazirligidan xabar berishlaricha, voqea joyida olib borilgan tezkor qidiruv-qutqaruv ishlari natijasida 18-dekabr va 19-dekabr kunlari olti nafar fuqaroning jasadi tuproq ostidan olib chiqildi va ularning shaxsiga aniqlik kiritildi:

1989-yilda tug‘ilgan, Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumani Beshkapa qishlog‘ida istiqomat qilgan fuqaro Abdullayev Oybek To‘ra o‘g‘li;

1989-yilda tug‘ilgan, Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumani Beshkapa qishlog‘ida istiqomat qilgan fuqaro Ravshanov Jonibek Islom o‘g‘li;

1999-yilda tug‘ilgan, Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumani Beshkapa qishlog‘ida istiqomat qilgan fuqaro Abdullayev Davronbek Botirovich;

1986-yilda tug‘ilgan, Qashqadaryo viloyati Yakkabog‘ tumanida istiqomat qilgan fuqaro Diyorov Anvar Normurodovich;

1996-yilda tug‘ilgan, Samarqand viloyati Oqdaryo tumani Farmonobod qishlog‘ida istiqomat qilgan fuqaro Rahmatov Ixtiyor Amriddin o‘g‘li;

1981-yilda tug‘ilgan, Samarqand viloyati Pastdarg‘om tumanida istiqomat qilgan fuqaro Karimov Zarif To‘lqinovich.

“Hukumat komissiyasi tomonidan jabrlanganlar va ularning oila a’zolariga barcha zarur moddiy va ma’naviy yordam ko‘rsatish choralari ko‘rilmoqda. Vazirlik rahbariyati va barcha shaxsiy tarkibi nomidan hodisa oqibatida qurbon bo‘lgan fuqarolarning oila a’zolariga chuqur hamdardlik bildiriladi”, — deyiladi FVV axborotida.
Категория: Yangiliklar | Просмотров: 20 | Добавил: Voybu | Теги: Yunusoboddagi metro qurilishida olt | Рейтинг: 0.0/0
Вход на сайт
Логин:
Пароль:
Поиск
Календарь
«  Dekabr 2019  »
DuSeChoPayJuShaYak
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031
Архив записей
Друзья сайта

| WwW.UzShou.CoM © 2020 | |