Juma, 2020-01-24, 9:13 PM
Главная
Регистрация
Вход
UzShou.CoM
Приветствую Вас Guest | RSS
Меню сайта
Категории раздела
Yangiliklar [185]
Наш опрос
Saytimizda kimning qo'shiqlari ko'p bo'lishini istaysiz ???
Всего ответов: 673
Мини-чат
Статистика

Onlinedagilar: 20
Mexmonlar: 20
Foydalanuvchilar: 0

7:50 AM
Zarafshonda mast erkak IIB inspektorini pichoqlab qo‘ydi
Zarafshon shahrida IIB HPB profilaktika inspektori o‘zining hayotini xavf ostiga qo‘yib, xotinini o‘ldirmoqchi bo‘lgan erni qo‘lga oldi, deb xabar beradi “Postda”.

14-dekabr kuni Zarafshon shahar 2-kichik tumanida yashovchi 1979-yilda tug‘ilgan H.J. uyiga mast holda qaytib, arzimas sababni bahona qilib janjal ko‘targan. Spirtli ichimlik ta’sirida aql-hushini yo‘qotib, turmush o‘rtog‘i va farzandlarini ayovsiz haqorat qilagan. Turmush o‘rtog‘i R.I.ni o‘ldirishini aytib, uyida pichoq izlay boshlagan.

Farzandlari uydagi kesuvchi jismlarni yashirishga ulgurgani sababli uydan qo‘lga ilinarli biror narsa topolmagan H.J. pichoq izlab ko‘chaga otlanganidan foydalangan R.I. hududda xizmat olib borayotgan Zarafshon shahar IIB HPB profilaktika inspektori, leytenant Farid Soibovga murojaat qiladi.

Vaziyatni to‘g‘ri baholagan profilaktika inspektori jamoat tartibini saqlash bo‘yicha yordamchisi Z.Erkinov bilan birga voqea joyiga yetib borib, janjaldan o‘takasi yorilgan bolalarni tinchlantadi.

Ko‘chadagi do‘kondan oshxona pichog‘ini sotib olib, uyiga qaytgan H.J. eshik oldida ichki ishlar organi xodimini ko‘rgach, ichkariga kirishga harakat qilgan. Biroq bunga yo‘l qo‘ymagan leytenat F.Soibov vaziyatga oydinlik kiritish uchun gaplashib olishlari lozimligini ma’lum qiladi. Shu payt fuqaro H.J. yengi ichida yashirib olgan pichoq bilan uning qorin qismiga bir necha marta jarohat yetkazib, ichkariga bostirib kiradi.

Og‘ir jarohat olgan bo‘lishiga qaramasdan o‘zini yo‘qotib qo‘ymagan va inson hayotini saqlab qolishni burchi deb bilgan profilaktika inspektori H.J.ni qo‘lga olib, zararlantirishga muvaffaq bo‘lgan.

F.Soibov og‘ir ahvolda shahar tibbiyot birlashmasining jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan. O‘z vaqtida zarur choralar ko‘rilgani sababli ichki ishlar organi xodimining hayoti saqlab qolingan.

Fuqaro H.J.ga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoqqa olingan.
Категория: Yangiliklar | Просмотров: 18 | Добавил: Voybu | Теги: Zarafshonda mast erkak IIB inspekto | Рейтинг: 0.0/0
Вход на сайт
Логин:
Пароль:
Поиск
Календарь
«  Dekabr 2019  »
DuSeChoPayJuShaYak
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031
Архив записей
Друзья сайта

| WwW.UzShou.CoM © 2020 | |