Payshanba, 2019-06-20, 7:55 AM
Главная
Регистрация
Вход
UzShou.CoM
Приветствую Вас Guest | RSS
Меню сайта
Категории раздела
Manzura [10]
Munisa Rizaeva [10]
Mango [19]
Mavluda Asalxo'jayeva [5]
Via Marokand [4]
Mirzabek Xolmedov [1]
Madina Mumtoz [0]
Mustafo [0]
Malika Egamberdiyeva [0]
Mahmud Namozov [4]
Наш опрос
Saytimizda kimning qo'shiqlari ko'p bo'lishini istaysiz ???
Всего ответов: 634
Мини-чат
Статистика

Onlinedagilar: 9
Mexmonlar: 8
Foydalanuvchilar: 1
Voybu

Munisa Rizayeva - Vatan (Qo'shiq matni)

Qalbimning to`rida go`zal siyrating,
Ko`zim gavharida surating turar,
Bag`ringdagi otash shu harorating,
Boladek erkalab, dilni yayratar.

Vatan – sajdagohim, sensiz men kimman?
Sen borki mavj urar ko`ksimda g`urur.
Vatan – sajdagohim, sensiz men kimman?
Sensiz etolmasman o`zni tasavvur.

Yiroqda musofir millatdoshimning
Kuyuk nolasida ko`raman seni.
Yo`limga boqqanda har yurtdoshimning
Suyuk bolasida ko`raman seni.

Vatan – sajdagohim, sensiz men kimman?
Sen borki mavj urar ko`ksimda g`urur.
Vatan – sajdagohim, sensiz men kimman?
Sensiz etolmasman o`zni tasavvur.

Dilkash og`ushingda erkin yashasam,
Men yana nimani kutayin sendan?
Sen ham yuragimda mangu yashaysan,
Suyanchim, sevinchim, azizim Vatan. {x2}

Vatan – sajdagohim, sensiz men kimman?
Sen borki mavj urar ko`ksimda g`urur.
Vatan – sajdagohim, sensiz men kimman?
Sensiz etolmasman o`zni tasavvur. (x2)

Категория: Munisa Rizaeva | Добавил: Bektoycho1 (2019-02-20)
Просмотров: 61 | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar
Вход на сайт
Логин:
Пароль:
Поиск
Друзья сайта

| WwW.UzShou.CoM © 2019 | |