Chorshanba, 2019-06-26, 4:41 AM
Главная
Регистрация
Вход
UzShou.CoM
Приветствую Вас Guest | RSS
Меню сайта
Категории раздела
Hikoyalar [26]
Qo'rqinchli Voqealar [0]
Qiziqarli Voqealar [0]
SeriaL Hikoyalar [0]
Har - Xil Maqolalar [0]
Har - Xil Real Voqealar [0]
Super Latifalar [0]
Qiziqarli Faktlar [26]
Наш опрос
Saytimizda kimning qo'shiqlari ko'p bo'lishini istaysiz ???
Всего ответов: 637
Мини-чат
Статистика

Onlinedagilar: 17
Mexmonlar: 17
Foydalanuvchilar: 0

Alla aytmagan erkaklar
Avtobusdagi ikkita erkakning
o'zaro suhbati diqqatimni
tortdi. Biri xotinining betob
bo'lib qolganini, o'n besh
kundan buyon bola tarbiyasi
o'zining zimmasida ekanidan
kuyunib gapirarkan:
- Dunyoda bolaga qarashdan
mashaqqatliroq ish yo'q ekan, -
deb qoldi.
Shunda yonidagisi:
- Rostdan ham yosh bolaga
qarash juda qiyin. Kechasi bilan
bolaga qarab chiqib, ertalab
ishga kelish seni charchatib
qo'yadi. Yaxshiyam ishing har
kuni emas, kunora ishlaysan.
Bo'lmasa, umuman
eplolmayotgan bo'larding.
Qaynisinglim keldi,
demaganmiding? - deya so'radi.
- Qaynisinglimni chaqirgandik,
bir hafta yordam berib ketdi.
To'g'risini aytsam, ortiqcha
chiqim menga og'irlik qildi. Ham
shifoxona xarajatlar, ham
ro'zg'orni ta'minlashga qiynalib
qoldim. O'zing bilasan, uyingda
mehmoning bo'lgandan keyin,
sal bundoqroq ovqat
qilishingga to'g'ri keladi.
Cho'ntaging ko'tarsa-ku,
bilinmaydi. Ammo cho'ntak
qurg'ur "kasal" bo'lsa. Bolalarim
bilan o'zim bo'lsak, boriga
qanoat qilib, bir amallab kun
o'tkizaveramiz. Muhimi xotinim
sog'ayib olsa, bo'lgani. Sog'
paytida qadriga yetmagan
ekanman. Betob bo'lgach,
oilaning tinchlik-farovonligi
birinchi galda ayolning
sog'ligiga bog'liq ekanligini
anglab yetdim. Ishdan charchab
borganimda xotinim bir-biridan
tansiq taomlar hozirlab kutib
olardi. Endi bo'lsa, bir qoshiq
yovg'onni arang pishiryapman.
Tuni bilan uyquning ham tayini
yo'q. Endi ko'zim ilindi deganda,
bola yig'lab qoladi. Ertalab
uyqudan boshim naq
asalarining uyidek g'uvillab
turaman. Bir yoshga to'lib
qolgan bo'lsa ham, juda injiq.
Yoki onasini sog'inganidan
ichikyaptimi bilmayman...
Ularning suhbati ayni qizigan
paytida manzilimga yetib
kelganim bois bekatda tushib
qolishga majbur bo'ldim. Ammo
to ishxonaga borgunimcha ikki
erkakning "hasrat"ini
mushohada qilib ketdim. Sababi,
ayol bo'lganim, turmush
qurganimga o'n yil bo'lib
qolgani hamda uchta bolaning
onasi bo'lganim tufayli bolaga
qarash bilan bir vaqtda uy-
ro'zg'or ishlarini bajarish
naqadar mashaqqatli mehnat
ekanini his qilish ham gapmi,
shunday qaynoq tashvishlar
ichra yashab kelmoqda edim...
Qani edi bu og'ir holatni hamma
erkaklar ham hozirgina men
avtobusda uchratgan kishilar
singari his qila bilganlarida.
Ammo "Boshidan o'tmaganning
qoshidan o'tma!" deganlaridek,
barcha erkaklarga bu tuyg'uni
his qildirishning sirayam imkoni
yo'q-da!
Bir tanishim shunday hikoya
qilar edi: "Erim ertalab ishga
ketib, kechqurun uyga qaytadi.
Kelishiga issiqqina ovqat
tayyorlab, uylarni sarishtalab,
charchagan bo'lishimga
qaramay, o'zimni tetikdek
ko'rsatishga urunib kutib
olaman. Bilaman, erimning ishi
judayam og'ir. Ammo meniki
ham undan yengil emas.
Bolalarimning o'zi kerak bo'lsa
o'nta odamning tinkasini
quritib qo'yadi. Biroq bu
haqiqatni erimga tushuntirish
o'limdan ham qiyin. Charchadim,
desam, u har doim menga: "Sen
bir ish qilmasdan uyda o'tirgan
bo'lsang. Nima qilib
charchading? Ovqat pishirish,
uy tozalash, kir yuvish ham ish
ekanmi?" deya mehnatlarimni
hecham tan olmaydi...
Yuqoridagi gapni aytgan erkak
umrida ro'zg'or ishiga qo'l
urmagan kishi bo'lsa kerak.
Yo'qsa bunday ahmoqona
fikrlamagan bo'lardi. Bor-yo'g'i
bir kechagina ertalabgacha
go'dakka alla aytib, qarab
chiqish ayol kishidan qancha
kuch talab qilishini bilasizmi?
Endi ana shu miqdorni bir yilga
ko'paytirib ko'ring! Bu degani
bola bir yoshga to'lgach, o'z-
o'zini eplab ketadi, degani
emas, albatta! Kamida uch-to'rt
yillik mashaqqatli mehnatdan
so'nggina ona salgina yengil
nafas olishi mumkin. Ammo ana
shu uch-to'rt yilning ichida
necha ming-millionta asab
tolasidan ayriladi-yu, qancha
quvvatini yo'qotadi! Mabodo
oilada bolalar ikki yoki uchta
yohud undan ortiq bo'lsa,
ayolning qay ahvolga tushishini
o'zingiz tahmin qilib
ko'ravering!
Hech esimdan chiqmaydi,
talabalik kezlarimda bir oilaga
tez-tez borib turardim.
O'qishlarim ko'payib ketib,
mabodo bir hafta yo'qlamay
qo'ysam, opamdek qadrdon
bo'lib qolgan o'sha ayol naq
"to'polon" qilib yuborardi.
Ularning besh nafar farzandlari
bor bo'lib, hammasi bir yoki bir
yarim yoshga bir-biridan farq
qilardi. Birinchi borgan
paytlarim bolalarning
shovqinidan boshim g'ovlab,
kirgan eshigimni topolmay
qolganman. Keyin-keyin
o'rganib ketdim va o'sha
to'polonchi bolakaylarni
uzoqroq ko'rmasam, sog'inib
qoladigan bo'ldim.
Bu oilada meni qattiq hayratga
solgan narsa shu ediki, opaning
turmush o'rtog'i ayoliga
nisbatan nihoyatda mehribon
bo'lib, ishdan qaytgandan keyin
ayolning yoniga teppa-teng
turib, oshxona yumushlari bilan
band bo'lardi. Er-xotin
birgalikda kelgan mehmonlarga
bir-biridan mazali taomlarni
tortiq qilishardi. Ayolning ismiga
"xon" qo'shib aytishni kanda
qilmagani bir tomonu "Eng
to'polonchi va yig'loqlarini
o'zimga jo'nating. Siz
mehmonlar oldidagi mezbonlik
vazifangizni to'kis ado qiling!"
deya xotiniga mehmon
ayollarga xizmat qilishi uchun
sharoit yaratib berish
maqsadida yig'lab xarxasha
qilayotgan kichik bolalarini o'z
xonasiga olib, tonggacha qarab
chiqishi bir tomon edi.
Balki hikoyam sizga to'qimadek
yohud mubolag'adek tuyular,
ammo men hayotimda
bunaqangi erkakning qaysidir
nomaqbul jihatlaridan noligan
ayollarni ko'rganimda hamisha
ko'z oldimda mana shu
oliyjanob erkak
gavdalanaveradi. Qani edi,
komillik baxti hamma
erkaklarga ham nasib
qilganida!..
Bahor
Категория: Hikoyalar | Добавил: Voybu (2019-06-13)
Просмотров: 11 | Теги: Alla aytmagan erkaklar | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar
Вход на сайт
Логин:
Пароль:
Поиск
Друзья сайта

| WwW.UzShou.CoM © 2019 | |