Chorshanba, 2019-06-26, 4:42 AM
Главная
Регистрация
Вход
UzShou.CoM
Приветствую Вас Guest | RSS
Меню сайта
Категории раздела
Hikoyalar [26]
Qo'rqinchli Voqealar [0]
Qiziqarli Voqealar [0]
SeriaL Hikoyalar [0]
Har - Xil Maqolalar [0]
Har - Xil Real Voqealar [0]
Super Latifalar [0]
Qiziqarli Faktlar [26]
Наш опрос
Saytimizda kimning qo'shiqlari ko'p bo'lishini istaysiz ???
Всего ответов: 637
Мини-чат
Статистика

Onlinedagilar: 15
Mexmonlar: 15
Foydalanuvchilar: 0

Farzand - ota-ona ziynati
Bir shahar boshlig'ining xotini
shahardagi mo'tabar
odamlarning xotinlarini
ziyofatga da'vat qildi.
Mehmonlar tayin etilgan vaqtda
tashrif buyurdilar, o'rindiqqa
o'tirib, ovqat kelguncha,
o'zlarining qimmatbaho
kiyimlari, zirak, uzuk,
zebigardon kabi taqinchoqlar
haqida so'z yuritdilar, juda
qimmatli ziynat asboblariga ega
bo'lishlari bilan faxrlandilar.
Shu vaqt sodda kiyim kiygan,
ziynat asboblarini taqmagan bir
yosh xotin kirib keldi. Bu xotin
ziyofat egasining singlisi edi.
Salom berib mehmonlar bilan
ko'rishdi, keyin bo'sh bir
o'rindiqqa kelib o'tirdi.
Mehmonlar bu xotin ziyofat
egasining singlisi ekanini
bilardilar, lekin uning sodda
ekani, zeb-ziynat narsalarini
taqmagani uchun hayron bo'lib
undan:
- Nega sodda kiyingansiz? Zirak,
uzuk, zebigardon kabi qimmatli
narsalaringiz yo'qmi? - deb
so'radilar. U xotin:
- Menda sizlarning qimmat
baholi asboblaringizdan ko'ra
qimmatliroq zeb-ziynatlar bor, -
dedi.
Mehmonlar ko'rishni istagan
edilar, u xotin tashqariga chiqib
bir o'g'il, bir qiz, ikki yosh bolani
yetaklab keldi, ularni
mehmonlarga ko'rsatib:
- Mening jonimdan ham
qimmatli zeb-ziynatim mana
shulardir. Bu do'ndiqlarimni
otamning bolalari yoniga qo'yib,
sizlarning yoningizga
kirgandim. Ayting-chi, ota-ona
uchun farzanddan ham
qimmatli narsaning bo'lishi
mumkinmi? Sizlarning zeb-
ziynat deb o'ylagan
narsalaringiz farzand oldida
hech darajasiga tushib qoladi.
Keling, o'ylagan puch
ziynatlaringizga emas, sevimli
farzandlaringiz tarbiyasiga
ahamiyat bering. Sevimli
do'ndiqlaringizni odobli, axloqli,
g'ayratli, jasoratli etib o'stiring,
suhbatingiz, fikringiz, zikringiz
mana shu to'g'rida bo'lsin.
Farzand - ota-ona ko'rki, ziynati,
hamma ziynatlarning ziynati,
buni esdan chiqarmang, - dedi.
Bu oqil, dono xotinning
haqqoniy so'zlaridan mehmon
xotinlar ta'sirlanib, sukut etib
o'ylab qoldilar.
Категория: Hikoyalar | Добавил: Voybu (2019-06-13)
Просмотров: 18 | Теги: Farzand - ota-ona ziynati | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar
Вход на сайт
Логин:
Пароль:
Поиск
Друзья сайта

| WwW.UzShou.CoM © 2019 | |