Payshanba, 2019-06-20, 8:36 AM
Главная
Регистрация
Вход
UzShou.CoM
Приветствую Вас Guest | RSS
Меню сайта
Категории раздела
Hikoyalar [26]
Qo'rqinchli Voqealar [0]
Qiziqarli Voqealar [0]
SeriaL Hikoyalar [0]
Har - Xil Maqolalar [0]
Har - Xil Real Voqealar [0]
Super Latifalar [0]
Qiziqarli Faktlar [26]
Наш опрос
Saytimizda kimning qo'shiqlari ko'p bo'lishini istaysiz ???
Всего ответов: 634
Мини-чат
Статистика

Onlinedagilar: 9
Mexmonlar: 9
Foydalanuvchilar: 0

"Otajon, otajon, gunohim nima?"
- Qizim, endi kichkina
bo'lmading. Otangni ham
tushun, uyam butun umrini
faqat senga bag'ishlab
o'tolmaydi. Onang bechora tirik
bo'lganida boshqa gap edi.
Qo'limizdan nima ham kelardi,
umri qisqa ekan, - buvisining
yig'lamsirab gapirishidan
Dildoraning ham ko'ngli
bo'shab ketdi. Lekin og'ir
bo'lsa-da, buvisining aytganiga
ko'nishdan boshqa iloji
qolmagandi qizning. Onasining
o'limi yuragini yarimta qilib
ketgan bo'lsa, endi u otasidan
ham ajralishga majbur.
Taqdirning o'yinlari shu qadar
ayovsiz bo'lishini kim o'ylabdi
deysiz. Kechagina "Qizalog'im,
mehribonim mening", deb yeru
ko'kka ishonmay o'tirgan
otasidan ajralib endi boshqa
xonadonda yashashga majbur.
Chunki ularning uyiga boshqa
ona keladi. O'gay bilan yashashi
mumkin emas. Buvisi "U yerda
o'zingni yolg'iz his qilasan.
Qolaversa, men ham
yolg'izman", dedi. Dildora bu
gaplar ortida nima borligini
tushundi. O'gay onasi baribir
sig'dirmaydi. Uning miyasiga
ana shu fikr yopishib olgan.
Sinfdosh dugonasi
Sabohatniyam onasi o'gay.
Dugonasining kunda-kunora
ko'z yosh qilib olishiga guvoh
bo'lgan. Balki, u ayol otasiga
Dildoraday qizaloq tug'ib berar...
Dilni qaqshatuvchi ana shunday
o'ylar girdobida o'tirgan qiz
qarshisida unga javob kutib
o'tirgan buvisining ko'ziga tik
qarashga botinolmadi.
- Mayli, siz nima desangiz shu, -
dedi nigohini yerga qadab.
- Hamma gapni tushunishingni
bilardim, - og'ir xo'rsinib dedi
buvisi, - otangga o'zim ko'ndirib
beraman degandim. Endi men
bilan turasan. Otang ham har
kuni kelib sendan, mendan
xabar olib turadi. Ular bilan
birga turishing noqulay-da,
bolajonim.
Dildoraning ko'ngli bo'shab
ketdi va sochlarini silagancha
ovutishga urinayotgan
buvisining bag'riga singib ketdi.
Ayni damgacha bo'g'zini
kuydirib turgan ko'z yoshlarini
ortiq tiyib turolmadi. Alami kelib
o'ksik ovozda yig'lab yubordi.
Endi uning na otasi, na onasi, na
aka-ukasi bor. Hayot bunchalar
shafqatsiz bo'lmasa...
Kiyimlari o'ralgan tugunchani
supaga qo'yarkan, Dildora shirin
bolaligi, sho'x-shodon, baxtli
kunlari o'tgan hovlisiga bir
muddat tikilib qoldi. Yuzlarini
yuvayotgan ko'z yoshlarini
qo'llari bilan artib, chuqur "uf"
tortdi. O'zini xonadonda
begonadek, keraksizdek his
qilib ketdi.
- Qizim, - otasining ovozidan
cho'chib tushgan qiz ko'z
yoshlarini arta-arta otasiga
yuzlandi. - Seni har kun borib
ko'rib turaman, - otasi
Dildoraning qizargan
ko'zlaridan yig'laganini sezdi,
shekilli, - yig'lamasdan aqlli qiz
bo'lib yurgin. Buvingni xafa
qilma, - dedi o'zini zo'rg'a
qo'lga olib. Ota ham
kipriklaridagi namlikni yashirish
maqsadida boshini egdi. Bu
holatdan Dildoraning qalbi
vayron bo'ldi, battar ezildi.
- Xo'p, - dedi mahzun ovozda
otasining ham chorasiz
turganini his qilib. Nimadir
deyish uchun og'iz juftladi-yu,
birdan fikridan qaytib, jim qoldi.
U otasiga "Buvim bilan shu
yerda yashasak-chi, begona
ayolni nima qilasiz?!" demoqchi
edi. Ammo qandaydir kuch
bunga yo'l qo'ymadi. Ota-bola
shu ko'yi xayrlashishdi.
Dunyodagi eng ayanchli
xayrlashuv ham shunday
bo'lmas!..
Dildora uyidan uzoqlashib
borarkan, garchi istasada ortiga
o'girilib qaramadi. Bildiki otasi
uni ko'cha boshiga yetgunicha
kuzatib turadi. Agar qarasa
bormi... Ikkovlari ham bunga
chiday olmaydi.
* * *
Otasi uylariga boshqa ayolni olib
kelganini bilganidan so'ng
Dildoraning holati oldingidan
ham yomonlashdi. Har kuni
maktabga borib kelib,
oshxonada u-bu ishni qilgan
bo'lardi-da, xonasiga kirib
xo'rsinib-xo'rsinib yig'lardi.
Uning ortidan kirgan buvisi
ko'p marta nasihat qilib, shirin
gaplar bilan ovutgan bo'ldi.
Biroq bora-bora nevarasiga
nima deyishni bilmay boshi
gangib qoldi.
Qiz ham o'zi tug'ilib o'sgan
uyiga endi tez-tez bormaydigan
bo'ldi. Uni ko'rgani kelgan otasi
bilan ham sovuq ohangda
gaplashadigan odat chiqardi.
Bir kuni kechki payt qizini
ko'rgani kelgan otasi salom-
alikdan so'ng Dildoraga
yuzlandi-da:
- Qizim, mana bu yil maktabni
ham tugatasan. Qayerga
o'qishga kirmoqchisan? - deb
so'radi. Otasining dabdurustdan
o'qish haqidagi gapi qizni
ajablantirdi. Lekin ich-ichidan
xursand bo'lib ketdi.
- Tibbiyot bilim yurtiga kirib,
hamshira bo'lmoqchiman, -
dadillik bilan otasiga tikildi u.
- Yaxshi, - ancha vaqtdan beri
qizi bilan bunchalik erkin
gaplashmagani uchunmi
otaning boshi ko'kka yetdi. Endi
Dildora zo'r berib, o'qishga
kirish ishtiyoqida yona boshladi.
Oldingi siqilishlari bir oz bo'lsa-
da chekingandek, hayotga,
yashashga bo'lgan qiziqishi
qayta tirilgandek bo'ldi. Lekin
bahorning ilk oyida buvisi
kutilmaganda og'ir betob bo'lib,
olamdan o'tdi. Dildora yana ota
uyiga qaytishga majbur bo'ldi.
Boshida begona ayolga
yovqarash qilib yurgan Dildora
keyinchalik otasi topgan
ayolning mehribonchiligini
ko'rib, hovuridan tushdi. Dilfuza
opa Dildoraning ahvolini
tushunib, uning ko'ngliga
qarashga intilardi.
Yozgi imtihonlar arafasida bir
kuni Dildora maktabdan kech
qaytdi. O'gay ona dadasi bilan
qaysidir masalada gaplashib
o'tirishgan ekan. Beixtiyor
ularning suhbatiga quloq soldi:
- Qarindoshim yomon emas.
Dildoraning ko'ngliga qarab
o'tirasizmi? Qiz bola narsa
bo'lsa, tezroq erga bering-da,
qutuling, - degan gapni eshitib
yuragi shuv etdi. Axir u
imtihonlarga tayyorlanib yurgan
bo'lsa. O'gay onasi esa, qizini
uzatish payida. Balki, dadam
qarshilik ko'rsatarlar degan
xayolda qiz o'zini panaga oldi.
- Esing joyidami: Dildora hali o'n
sakkizga ham kirgani yo'q-ku! -
deb javob qaytardi dadasi. - Hali
uni o'qitmoqchiman.
- E-e, dadasi, qiz bola o'qib
shahar olib berarmidi, - o'gay
ona qappaygan qorniga ishora
qildi-da, - o'zim eshitdim,
qo'shni qishloqda Dildora tengi
qiz alam ustida o'gay onasining
chaqalog'ini o'ldirib qo'yibdi.
Hali Dildora onasini yodidan
chiqarmagan, sizniyam mendan
qizg'anadi. Aytib bo'ladimi...
Xotinining gumonlari erkakning
nafsoniyatiga tegdi.
- Nafasingni issiq qilsang-chi?!
Dildora unaqa emas. Xudoga
shukr, aqli-hushi joyida. Undan
tashqari, - ota endi biroz
hovuridan tushgandi, - men uni
o'qishga kirishiga va'da
berganman. Bu gapni eshitsa,
mendan xafa bo'lishi aniq.
Erining qizi uchun
qayg'urayotgani ayolning
g'ashiga tegdi.
- O'laqolsin, o'sha o'qish degani.
Mana biz ham o'qimay o'tdik,
boshqalardan kam joyimiz
bormi?
Xotinining gaplariga Hurram
aka kulib qo'ya qoldi. Ichida
"Yosh turmushga chiqqaning
uchun ham hech narsaga aqling
yetmagan. Shu sabab erga
yolchimagansan-da" deb qo'ydi.
Keyin peshonasini qashib
o'rnidan turdi.
- Nima qilamiz, hech narsa
demadingiz-ku? - eriga tikildi
ayol.
- Qizimni o'qitaman. Hamshira
bo'ladi, - bu Hurram akaning
so'nggi qarori edi.
Boloxonada turib otasi va o'gay
onasining gap-so'zlarini eshitib
o'tirgan Dildora quvonchdan
yig'lab yubordi.
Dildoraning o'qishga borish
masalasi hal bo'lganidan keyin
oilada o'zgacha kayfiyat paydo
bo'ldi. Qovog'idan qor
yog'adigan o'gay ona ikki
gapning birida "O'qigan qiz
shahar olib berarmidi" deya
Dildoraning jig'iga tegardi.
Qizning imtihonlari tugagunga
qadar bir necha bor erini
fikridan qaytarishga urinardi.
Ammo yoz chillasiga borib
farzandli bo'lgan ayol o'gay
qizini bir zumga bo'lsa-da,
unutdi. Dildora ham uylariga
chaqaloq kelgan kundan
boshlab ortiqcha diydiyolardan
qutulgandek bo'ldi. U faqat bir
narsadan, dadasi endi
pahlavondek o'g'il tug'ib
bergan xotinining tarafiga o'tib
ketishidan cho'chib yurdi.
Maktab imtihonlarini
muvaffaqiyatli topshirgan
qizning omadi chopmadi.
Tayyorgarlikka ming zo'r
bergani bilan, yetarli darajada
ball yig'a olmadi. Endi dadam
meni uzatib yuborishi aniq, deb
taqdirga tan berdi.
Sentyabrning iliq havolari
ufurgan kezlar edi. Uy ishlariga
qarashib yurgan Dildora o'gay
onasini ko'rgani kelgan bir-
ikkita qarindoshlarini ko'rib
ichidan zil ketdi. Xuddi ular
o'sha onasi aytgan
qarindoshlarining sovchilari-yu
hozirning o'zida Dildoraning
oyoq-qo'lini bog'lab bo'lsa-da,
kelin qilib olib ketishadigandek.
Noiloj ularga dasturxon tuzab,
ovqat tayyorladi.
- Qizing yaxshigina ekanmi? -
o'smoqchiladi ayollardan biri.
- Yaxshi bo'lmay o'lsin, -
qoshlarini chimirdi ayol
oshxona tomonga zimdan
boqib. - Bolamga biron narsa
qilib qo'ymasin deb hech
qayoqqa chiqolmayman. Hatto
hojatgayam erim kelganidan
keyin boraman. Otasini mendan
rashk qiladi, yashamagur.
- Yo'g'-ey, - gapni bo'ldi
mehmonlardan biri, - kap-katta
qiz ekan-ku. O'zi erga tegaman
deb turganda otasini rashk
qilmas?
- Nega qilmasakan? O'g'il
tuqqanimdan beri erim
meniyam, bolasiniyam yeru
ko'kka ishonmay qolgan.
Kechasi bizga yashirincha biron
nima olib kelmabdimikin deb
hovlida izg'ib yuradi. Bir kuni
bolamni emizib o'tirsam,
ustimga bir piyola issiq choyni
to'kib yuborsa bo'ladimi. Aniq
bildim, ataylabdan qildi.
Chaqaloqning u yer bu yerini
kuydiraman degan-da.
- Voy, tavba, - dedi ayollardan
biri yoqasini changallab, - ha,
shunaqa hunarlari bor ekan,
eringga ayt, turmushga berib
yuborsin. Bir-ikki joydan
sovchilar kelishdi deb
eshitgandik.
- O'zi xunuk bo'lsa ham, ortidan
so'raydiganlar ko'p. Erimga ikki
oy ilgari aytdim. "Bola
tug'ilmasdan erga bering" deb.
Hatto ammamning sal anaqaroq
o'g'li bor-ku, o'shani tavsiya
qiluvdim, ko'nmadi.
- Nima, bolasini osmondagi
oyga berarkanmi?
- Qizini o'qitarmish.
Ayollar gapga berilib ostonadan
choy ko'tarib kirgan Dildorani
payqamay ham qolishdi.
- Ko'rdinglarmi? - dedi u ketishi
bilan Zuhra opa. - Erim bilan
yolg'iz qolsak ham shu. Gap
poylashga usta. Meni bu yerdan
ketkizib yuborish uchun biron
bahona topib yuribdimi, Xudo
biladi.
- E'tibor berma, - ko'p siqildi
mehmonlardan yoshrog'i. - Erga
tegsa, senga zarari ham
tegmaydi. Undan ko'ra
bolangga qarab tursin, ishla.
Bu gapdan Zuhra opaning
ko'zlari chaqnab ketdi.
- Qo'y-qo'y, dugonajon,
boshimni og'ritma. Erimning
topishi yomonmas. Qanday qilib
bo'lsayam, qizdan qutulsam
bo'lgani.
Mehmonlar ketdi. Eri kelishi
bilan Zuhra opaning yuragiga
o't kirdi.
- Qizingiz qarindoshlarimning
oldida gap poylab meni yer
bilan bitta qildi, - dedi ko'z
yoshini artib. - Bechoralar ozib-
yozib bir kelishgandi,
o'tirgandek ham bo'lmadi. Hali
eshikdan, hali teshikdan gap
poyladi. Nima men sizga xotin
ustiga tekkanmidim?
Kundoshim bo'lgandayam
bunchalar qiynalmasdim.
Hurram aka xotinining yurakni
ezuvchi ko'z yoshlariga
chidolmay qizini chaqirdi.
- Nimaga bunaqangi ahmoqona
ishlar qilib yuribsan?! - dedi
g'azablanib.
- Nima qilibman? - hech
narsadan bexabar Dildora
otasiga yuzlandi. Qizining bu
betkachoparligidan otaning
battar g'azabi oshdi.
- O'qiyman, deding, ko'ndim.
Ko'nglingga qaradim. Shu ayolni
onangdek ko'rmasang ham,
opangdek ko'rarsan degandim...
Otasining so'nggi gapi
Dildoraga "Endi erga tegasan,
tamom-vassalom" degandek
eshitilib ketdi. Shu bilan oraga
jimlik cho'kdi. Ota va qiz
o'rtasiga yana sovuqchilik
tushdi.
Oradan bir hafta o'tib Zuhra opa
o'g'lining oyog'ini kuydirib
qo'ydi. Kechqurun esa hamma
aybni qiziga to'nkadi.
- Ataylabdan o'g'limning oldiga
issiq choynakni qo'yibdi.
Urishsam, "Seni mana shu
uydan yo'q qilaman!" dedi. Bu
gaplar-ku, mayli, o'rganib
qolganman. Lekin bolaginamda
nima gunoh?! Undan ayrilib
qolsam nima bo'ladi?! - dedi
asabiylashib.
Hurram akaga boshqa gapning
hojati qolmadi. O'g'lining qip-
qizil go'sht bo'lib suv bog'lagan
oyoqchasini ko'rib, tashqariga
otildi. Qizidan izoh ham so'rab
o'tirmay, yuziga tarsaki tortdi.
- Otajon, otajon, gunohim
nima?! - hech gapga
tushunmagan qiz yig'lagancha
o'zini yotog'iga urdi. "Onam
bilan o'lib ketsam
bo'lmasmidi?!" degancha zor-
zor yig'ladi.
Bu voqea Dildora va otasi
o'rtasida tubsiz jarlikni paydo
qildi. Hayotdan umidini uzgan,
go'yoki tirik murdaga aylangan
Dildora uchun yashashning
ahamiyati yo'q edi. Lekin u
qayerga borib boshini ursin,
uning dardini eshitadigan odam
bormi, bu dunyoda?! O'gay ona
bu qizni yo'qotish uchun yana
qanday shumliklarni o'ylab
yurgan ekan. Bu xonadonda
yashagandan erga tegib ketgan
afzal. Dildora yig'lay-yig'lay
shunday qarorga keldi.
Nihoyat, o'gay ona maqsadiga
yetdi. Oradan bir oy o'tar-o'tmas
Dildora o'gay onaning anaqaroq
jiyaniga fotiha qilindi. Lekin
bo'lajak to'ydan bu xonadon
ahli xursand emasdi. Ota o'sha
kuni qizining yuziga shapaloq
tortib yuborganidan hali ham
azobda. O'sha kundan beri
uning tushiga xotini kirib,
azoblaydi. Dildora ham odamovi
bo'lib qolgan. Bu xonadonda
faqat bir inson xursand edi. U
ham bo'lsa o'gay ona. Zuhra
opa bir o'q bilan ikki quyonni
urganidan shod edi. Lekin
iymoni yo'qligidan o'ylab
ko'rmadiki: hali qilmishlarining
og'ir jazosi bor!
Lobar
Категория: Hikoyalar | Добавил: Voybu (2019-06-13)
Просмотров: 6 | Теги: otajon, gunohim nima? | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar
Вход на сайт
Логин:
Пароль:
Поиск
Друзья сайта

| WwW.UzShou.CoM © 2019 | |