Chorshanba, 2019-06-26, 5:57 AM
Главная
Регистрация
Вход
UzShou.CoM
Приветствую Вас Guest | RSS
Меню сайта
Категории раздела
Hikoyalar [26]
Qo'rqinchli Voqealar [0]
Qiziqarli Voqealar [0]
SeriaL Hikoyalar [0]
Har - Xil Maqolalar [0]
Har - Xil Real Voqealar [0]
Super Latifalar [0]
Qiziqarli Faktlar [26]
Наш опрос
Saytimizda kimning qo'shiqlari ko'p bo'lishini istaysiz ???
Всего ответов: 637
Мини-чат
Статистика

Onlinedagilar: 23
Mexmonlar: 23
Foydalanuvchilar: 0

"Senga mehr berolmayman, qizginam!"
Nasiba ishdan qaytarkan, qo'shnisi Laylo opaning qizchasi - Lobarning ariq labida yig'lab o'tirganini ko'rdi.
- Nima bo'ldi, Lobarjon, - dedi qizchaning yoniga cho'kkalab, - kim yig'latdi seni?

Qizcha jajji barmoqchasi bilan ariqda suvga bo'kib qolgan kemachani ko'rsatib:
- Kemacham suzolmayapti, qarang, - dedi piqillab.
- Yig'lama, hozir senga o'zim yap-yangisini yasab beraman. Xo'pmi?

Qizcha yalt etib Nasibaga qaradi. Nasiba esa sumkasidan qog'oz oldi-da, kemacha yasashga tushdi. Nihoyat, tayyor bo'lgan kemachani qizaloqqa uzatdi. Lobarning ko'zchalari porlab ketdi.
- Rahmat, opajon, - dedi shirin ovozda.

Ertasi kuni yana shu holat yuz berdi. Bu safar Lobar yanada qattiqroq yig'lardi.
- Yana nega yig'layapsan? - dedi Nasiba qizchaning ko'z yoshini artib. - Nima bo'ldi?
- Gulicham... - dedi qizaloq ariqqa tushib ketgan qo'g'irchoqqa ishora qilib. - Olib bering...

Nasiba qo'g'irchoqni oldi-da, ho'l bo'lib ketgan sochlarini artib, o'rib qo'ydi.
- Ko'rdingmi? - dedi so'ng Lobarga qarab. - Qara, gulichang chiroyli bo'lib ketdi.

Lobar bu safar oldingidan-da ko'proq sevindi.
- Ha-a, ana xunuk bo'lsa, shunaqa qilib berasizmi? - dedi kipriklarini pirpiratib.
- Albatta. Faqat boshqa yig'lamayman, deb so'z ber.

Nasiba qizaloqning boshini silab qo'ydi-da, yo'lida davom etdi. Uyiga kirib kelganida onasi tandir yonida quymalanayotgan ekan.
- Iye, keldingmi, qizim? - deya qizini bag'riga bosdi Nargiza opa.
- Ha, o'zingiz charchamayapsizmi?! Non yopyapsizmi?
- Tandirning noniga yetmaydi-da, qizim. Bo'pti, ichkariga kirib, kiyimingni almashtirib chiq. Qorning ham ochgandir.

Nasiba kiyimini almashtirib chiqqanida onasi allaqachon dasturxon yozib, choy tayyorlab qo'ygandi.
- Qizim, boya noxush gap eshitdim, - dedi Nargiza opa non sindirib, qizining oldiga qo'yarkan. - Shu desang, qo'shnimiz Oysha opaning qizi Halima idorasida ishlaydigan bir erkak bilan don olishib yurganmish. Eri bilan ajrashganiga hech qancha vaqt o'tmay, boshqasini topib olganini qara! Yana qayoqqadir dam olgani ketmoqchiymish!

Nasibaning piyola tutgan qo'li havoda muallaq qoldi.
- Qizini tashlab-a? Bechora Lobar nima qiladi endi?!
- Men ham shuni aytaman-da. Boya Oysha opa bilan gaplashgandim. Qiziga pand-nasihat qilibdi. Ammo foydasi bo'lmabdi. Halima tushmagur: "Nima, meni odamga o'xshab yashashga haqqim yo'qmi?" deb janjal ko'targanmish. Oysha opa Lobarni aytgan ekan, "Bitta tug'ib, umrimni xor-zorlikda o'tkazaymi?" debdi. Bolaning uvolidan qo'rqmaganini qara uning! Hali bolaning uvoli ko'r qiladi!

Nasiba tuzuk ovqatlanganday ham bo'lmadi. Ko'z oldiga ariq labida yig'lab turgan Lobar keldi.

* * *

Nasiba ishdan qaytarkan, yana ariq labida yig'lab o'tirgan Lobarga ko'zi tushdi. U ariqchaga qaradi: na kemacha, na qo'g'irchoq bor. Shunda u hammasini tushundi: "Demak, onasi tashlab ketibdi-da!" deya o'yladi o'ksinib. So'ng bir-ikki qadam tashladi-yu, birdan taqqa to'xtadi. Chunki u endi nima bo'lishini bilar, aniqrog'i, qizcha undan nima so'rashini anglab turardi.
- Kechir, - dedi so'ng ohista ovozda. - Kechir meni, Lobar. Senga ona mehrini topib berolmayman...
Категория: Hikoyalar | Добавил: Voybu (2019-06-13)
Просмотров: 11 | Теги: Senga mehr berolmayman, qizginam! | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar
Вход на сайт
Логин:
Пароль:
Поиск
Друзья сайта

| WwW.UzShou.CoM © 2019 | |