Chorshanba, 2019-06-26, 5:01 AM
Главная
Регистрация
Вход
UzShou.CoM
Приветствую Вас Guest | RSS
Меню сайта
Категории раздела
Hikoyalar [26]
Qo'rqinchli Voqealar [0]
Qiziqarli Voqealar [0]
SeriaL Hikoyalar [0]
Har - Xil Maqolalar [0]
Har - Xil Real Voqealar [0]
Super Latifalar [0]
Qiziqarli Faktlar [26]
Наш опрос
Saytimizda kimning qo'shiqlari ko'p bo'lishini istaysiz ???
Всего ответов: 637
Мини-чат
Статистика

Onlinedagilar: 47
Mexmonlar: 47
Foydalanuvchilar: 0

"Xiyonatkor ayol bilan yashashga majburman"
Oilada ikkinchi o'g'ilman. Ota-onam juda obro'li va hurmatga
sazovor insonlar. Men o'zimdagi
barcha yaxshi xislatlar uchun
ulardan minnatdorman. Dadam
meni bolaligimdan
tadbirkorlikka o'rgatdi. Hozir
yosh bo'lsam-da, o'z biznesimga
egaman. Akam Koreyada o'qib,
o'sha yerda ishlaydi. Hali
uylanmagan. Shu bois ota-onam
akam uyga qaytguncha meni
uylantirish payiga tushib
qolishdi.
O'shanda endigina o'n sakkiz
yoshga to'lgandim, kollejning
birinchi kursida o'qirdim.
Qarindosh-urug'larimiz bir qizni
tavsiya qilishdi. Hali yosh
emasmanmi, qiz ko'zimga
olovdek ko'rindi va unga
uylanishga rozi bo'ldim.
Turmush qurganimizdan so'ng
hayotimiz bir maromda kecha
boshladi. Xotinim yelib-yugurib
ota-onamning xizmatini qilar,
oilamizdagilarning hammasi
undan minnatdor edi. Shu
orada farzandli bo'ldik. Bundan,
ayniqsa, ota-onam nihoyatda
xursand bo'lishdi. O'g'ilcham
ota-onamga birinchi nabira
emasmi, uni yeru ko'kka
ishonmasdi. Ayniqsa, dadam
chaqaloqni qo'lidan qo'ymas,
bir yoshga to'lar-to'lmas,
mashinaga mindirib sayr
qildirib yurardi. Tadbirkorlik
faoliyatim, asosan, poytaxtda
edi va men uyga tez-tez kelib
turardim. O'g'lim ikki yarim
yoshga to'lgach, oilamni
Toshkentga olib ketadigan
bo'ldim. Ota-onam ortimizdan
termilib qolishdi. Ammo oradan
hech qancha vaqt o'tmay,
ularning o'g'limni sog'inishlarini
ko'rib, ta'sirlandim. "Mayli,
o'g'limiz goh sizlar bilan, goh
biz bilan yashab tursin, shunda
ko'nikishlaringiz oson bo'ladi",
deb keyingi gal borganimizda
o'g'limni uyga tashlab keldim.
Tadbirkorlik bilan
shug'ullanishni o'zi bo'lmaydi.
Kun bo'yi ishda bo'lardim,
xotinim esa uyda. Ishdan horib-
charchab qaytganimda
eshigimni ochib kutib oladigan
rafiqam yonimda ekanligidan
xursand edim. Shunday
kunlarning birida xotinimning
o'zgarib qolganini sezdim.
Qanaqadir bezovtadek edi u.
Telefoni jiringlasa ham, cho'chib
tushadimi-ey... "O'g'limizni
sog'ingani uchun shunaqa
xayolchan bo'lib qolgan,
shekilli", deb o'yladim va shu
hafta o'g'limizni olib kelaman,
dedim o'zimga o'zim. Ammo...
O'sha kuni ishdan biroz erta
qaytgandim. Uyga kelsam,
xotinim yo'q ekan. "Do'kon-
po'konga chiqqandir" degan
xayolda divanga cho'zildim.
Lekin negadir ko'nglim g'alati
bo'la boshladi. Odatda, kun
bo'yi charchaganligim bois uyga
kelishim bilan uxlab qolardim.
O'sha kuni ko'zimga uyqu
inmadi. Xotinimga qo'ng'iroq
qildim.
- Uyimizni yonidagi kafedan
sizga ovqat olayotgandim.
Bugun uyda ovqat pishirgim
kelmadi, - dedi u.
- Tezroq kel, - ko'nglim biroz
xotirjam tortib. Ammo oradan
ancha vaqt o'tsa hamki, undan
darak bo'lmadi. Xavotirlanib u
aytgan kafega bordim. Borsam,
eshik qulf, qorovul kafening
yopilganiga bir soatdan
oshganini aytdi. Soatga
qarasam - 23:35. Yana
xotinimga qo'ng'iroq qildim.
- Mana, hozir kafedan ovqat
olyapman, dedim-u, - dedi u
yolg'on gapirib.
- Kafening oldida turibman,
yo'qsan-ku!
Xotinim dovdirab qoldi.
- Shu yerdaman, mana
boryapman, - deya telefonni
o'chirib qo'ydi. Yuragim
hapqirib, qator turgan garajlar
tomon yurdim. Shunda xotinim
lip etib bir garaj yonidan chiqdi.
Sochlari to'zg'ib ketgan. Tez-tez
ortiga qarab qo'yishidan o'sha
yerda kimdir borligini sezib,
yugurib bordim. Bir yigit meni
ko'rishi bilan garajlarni panalab
qochib ketdi. Miyamga qon
tepgandek bo'ldi.
- Kim u? Yarim kechada
qayerdan kelyapsan? - dedim
baqirib.
- Sizga ovqat olaman, deb
kafega chiqqandim. Yopiq ekan.
Nariroqdagi kafega
borgandim... - deya dovdiray
boshladi xotinim.
- Anavi yigit kim, deb
so'rayapman sendan?! -
baqirig'imdan hammayoq titrab
ketgandek bo'ldi.
- Umi?.. U meni kuzatib qo'ydi.
- Nega seni kuzatadi? Kim o'zi
u? Taniysanmi?
Xullas, uni sudragudek bo'lib
uyga olib keldim. Bu paytda
xotinim ancha o'zini bosib
olgan, ko'zini lo'q qilib: "U
yigitni tanimayman", deb turib
olgandi.
Ertasi kuniyoq uning telefoniga
kimlar qo'ng'iroq qilganligini
bilish uchun kompaniyaga
bordim. Xotinim shu yaqin
kunlar ichida faqat bitta
noma'lum raqam kuniga to'rt-
besh martadan bir soatga yaqin
gaplashgan ekan. Xotinimdan
so'rasam, tan olmadi. O'sha
raqamga qo'ng'iroq qilgandim,
bir yigit ko'tardi-yu, xotinimning
nomini aytishim bilan o'chirib
qo'ydi.
Xullas, xotinimni uydan haydab
yubordim. Ota-onamga bo'lgan
voqeani aytgandim, ular
ishonishmadi. "Xotining bilan
yarash, balki, yanglishgandirsan,
bitta bolang bor axir", deya
shashtimdan qaytarishga
urinishdi. Ammo men
adashmaganligimni, xotinim
menga xiyonat qilganini ich-
ichimdan sezib turardim. Shu
bois "Endi u bilan
yashamayman", deya poytaxtga
qaytdim. Ota-onam ortimdan
"Agar u bilan ajrashsang,
sendek o'g'limiz yo'q!" deb
qolishdi. Bilaman, ular o'g'limni
juda yaxshi ko'rishadi, bu mehr
hatto xiyonatkor kelinni ham
ularning ko'ziga oppoq
ko'rsatayotgandek. Rosti, o'zim
ham oilam buzilishini
xohlamasdim. Ammo... Ammo
yigitlik sha'nim, or-nomusim
bo'zlardi. Ikki o't orasida
qovurilib yashay boshladim.
Mening holimni oilasi barbod
bo'lgan insonlar yaxshi
tushunsa kerak. Hayot to'xtab
qolgandek edi go'yo...
Sarosar yurgan shunday
kunlarimning birida yaqin
do'stlarimdan xotinim haqida
bir-biridan dahshatli gaplar
eshita boshladim. U uydan
ketgach, viloyatga borib, ota-
onamga o'zini oqlab yig'labdi va
o'g'limni olib, yana poytaxtga
qaytibdi. Hozir qayerdadir ijara
uyida turib, kafeda ofisiantlik
qilayotgan ekan. Uning battar
yomon yo'llarga kirib ketganini
eshitib, yuragim tirnalsa-da,
o'sha do'stlarimga "Buni menga
isbotlay olasizlarmi?" dedim.
Ular rozi bo'lishdi va bir kuni
yarim kechasi xotinim
ishlaydigan kafe yoniga
borishimni aytishdi. Borsam,
xotinim kafe yonidagi bog'da
bir yigit bilan skameykada
quchoqlashib o'tirgan ekan.
O'zimni tutolmay g'azab bilan
tepasiga bordim. Xotinim meni
ko'ri-yu, "Sherzod aka", deya
boyagi yigitga battar yopishdi.
Do'stlarim: "Qo'lingni harom
qilma", deya yo'limni to'sishdi.
Nima qilishni bilmasdim,
bundan ko'ra yuragimni
sug'urib olsalar yaxshi edi.
Bunday paytda inson yaqin
kishilaridan madad izlar ekan.
Nima qilayotganimni bilmay
onamga qo'ng'iroq qildim.
"Mana, maqtagan keliningizni
bittasi bilan tutib oldim. Endi
ham menga bolang uchun u
bilan yasha, deysizlarmi?" dedim
alamdan titrab. Onam: "Nega
uni poylab yuribsan?" deb
mendan xafa bo'ldi va jahl
ustida bo'lsa kerak, "Sendan
kechdim!" deb yubordi. Bu
gapni eshitib, boshimga birov
tayoq bilan urgandek bo'ldi.
Nahotki ota-onam nabiraga
bo'lgan mehrlarini deb mening
g'ururim poymol qilib
yashashimni istashsa?! Endi ikki
dunyoda ham xotinim bilan
yashamayman. U bilan ajrashish
uchun sudga ariza berganman.
Ammo ota-onamdan ham judo
bo'lgim kelmaydi. Nahotki endi
ular mendan voz kechishsa?!
Nima qilsam, ota-onam mening
ahvolimni tushunisharkin?
Yolg'izlik va alam-iztiroblar jon-
jonimdan o'tayotgan shunday
kunlarda kimdir menga tirgak
bo'lishini istayman. Aqlli,
rostgo'y va vafodor qizga
uylanib, farzandli bo'lib, ota-
onamga haqiqiy baxtimni
topganligimni isbotlagim keladi.
Jo'rabek
Категория: Hikoyalar | Добавил: Voybu (2019-06-13)
Просмотров: 14 | Теги: Xiyonatkor ayol bilan yashashga maj | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar
Вход на сайт
Логин:
Пароль:
Поиск
Друзья сайта

| WwW.UzShou.CoM © 2019 | |