Payshanba, 2019-06-20, 7:56 AM
Главная
Регистрация
Вход
UzShou.CoM
Приветствую Вас Guest | RSS
Меню сайта
Категории раздела
Hikoyalar [26]
Qo'rqinchli Voqealar [0]
Qiziqarli Voqealar [0]
SeriaL Hikoyalar [0]
Har - Xil Maqolalar [0]
Har - Xil Real Voqealar [0]
Super Latifalar [0]
Qiziqarli Faktlar [26]
Наш опрос
Saytimizda kimning qo'shiqlari ko'p bo'lishini istaysiz ???
Всего ответов: 634
Мини-чат
Статистика

Onlinedagilar: 9
Mexmonlar: 8
Foydalanuvchilar: 1
Voybu

IJTIMOIY TARMOQLAR TA’SIRI HAQIDA 7 FAKT
1. O‘z sahifangizga kirmay tura olmaysiz
Kimdir xabar yozgan bo‘lsa-ya? Qiziqarli status qo‘yishgan bo‘lishsa-chi? Do‘stim yangi rasm yuklabdimikan? Aslida siz bunday o‘ylamaysiz. Siz shunchaki sahifangizni tekshirish niyatida kirasiz, chunki uni tekshirmay turolmaysiz.

So‘rovlarda qatnashgan ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilarining 80 foizi o‘z sahifalarini hech bo‘lmasa kuniga bir marta tekshirmay turolmasliklarini bildirdilar. So‘ralganlarning uchdan bir qismi esa bu ishni xavotirli darajada tez-tez amalga oshiradi va ularning akkauntlariga biror narsa bo‘lishidan dahshatga tushadilar, biror qiziqarli hodisani o‘tkazib yuborishdan xavtorida yuradilar. Shundan kelib chiqib, mutaxassislar xulosa qiladilar: ijtimoiy tarmoqlarga ruhiy tobelik kashandalarning sigaretaga o‘rganib qolishlaridan aslo kuchsiz emas.

2. Ijtimoiy tarmoqlar kuchli qizg‘anish uyg‘otadi
Hech bir sababsiz rashkni qo‘zg‘atadi. G‘arbda o‘tkazilgan so‘rov yakunlariga ko‘ra, aksariyat odamlar yaqinlarining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarini kuzatib borishni o‘zlari uchun or deb bilmaydilar. Qolaversa, bu juda oson va yengil amalga oshadi. Ikki bor sichqonchani bosish orqali yaqin kishingizning tarmoqdagi barcha harakatlarini bilib olasiz – kim bilan tanishgan-u, kimning statusi yoki rasmini baholagan, qanday sharh qoldirgan… Ijtimoiy tarmoqning o‘zi ehtimoliy raqiblaringizni taqdim etadi. Bu masalada o‘ta qiziqarli izlanishlar o‘tkazsa bo‘ladi.

Lekin, shoshmang! Siz izlab otgan narsa aslida bormikan? Yo‘q narsani qidirmayotganmikansiz? So‘ralganlarning 35 foizi ijtimoiy tarmoqlar tufayli yuzaga kelgan rashk oxir-oqibatda asossiz bo‘lib chiqqanligini tan oldilar. Yana bir qayg‘uli ma’lumot: Feysbuk AQShda har 5 ta ajralishning 1 tasiga, Buyuk Britaniyada esa har 3 ta ajralishning 1 tasiga sabab bo‘lgan. Juda achinarli holat, to‘g‘rimi?

3. Ijtimoiy tarmoqlar ishda yordam beradi
Ko‘plab ish beruvchilar, xodimlar chalg‘imasliklari uchun, ishxonadagi kompyuterlardan ijtimoiy tarmoqlarga kirish yo‘lini to‘sayotgan bir paytda, psixologlar bunday qilmaslikni tavsiya etadilar. Ishda Feysbuk yoki Tvitterdan foydalanadigan kishilar boshqalarga qaraganda 9 foizga samaraliroq ishlar ekanlar. Ijtimoiy tarmoqlar uchun qisqa tanaffuslar miyaga chalg‘ish va dam olish imkonini beradi. Faqat bir sharti – bu tanaffuslar QISQA bo‘lishi kerak!

4. Ijtimoiy tarmoqlar sizni baxtsiz etishi mumkin
Ko‘pchilik ijtimoiy tarmoqlardan o‘z hayotining ijobiy tomonlari haqida hikoya qilish uchun foydalanadi. Masalan, ta’tilda tushgan rasmlarini qo‘yadi, yangi xaridlar qilgani bilan maqtanadi, mushugi/xonasi/avtomobili/chaqalog‘ining ajoyib surati bilan o‘rtoqlashadi. Lekin ishlaringiz to‘satdan orqaga ketsa, ijtimoiy tarmoqlar bir pasda dushmanga aylanadi. Hasad, qayg‘u, tanishlarning ayblashlaridan/masxara qilishlaridan qo‘rqib, muammolarni yoza olmaslik – bunday hislar tushkunlikni yanada chuqurlashtirib, sizni depressiyaga olib borishi mumkin. Kechagina yuzlab suhbatdosh bilan gaplashib turgan odam bugun hyech kimga dardingizni olmay qolsangiz, xuddi hamma sizni tashlab ketgandek his etasiz.
Tadqiqotlar ko‘rsatishicha, ijtimoiy tarmoqlarga berilish, qanchalik oqko‘ngil va xushchaqchaq bo‘lmang, uzoq istiqbolda sizni hasadgo‘y va ming‘irga aylantirib qo‘yadi.

5. Baxtli qilishlari ham mumkin!
Siz maqtana olasiz. Yangi soch turmagi, yangi mashina/uy/ish.. istagan narsangiz bilan! Siz o‘zingizning shaxsiy g‘alaba va yutuqlaringiz haqida hikoya qilasiz va hamma sizni ma’qullaydi.
Va nihoyat, siz kimdir sahifasiga qo‘ygan kulguli suratni ko‘rib kulishingiz, kayfiyatingizni ko‘tarishingiz mumkin. Bularning bari o‘zingizga bo‘lgan ishonchni oshiradi va hayotingizga quvonch qo‘shadi. Lekin ehtiyot bo‘ling! Ijtimoiy tarmoqlarga buzuq kayfiyat bilan, xafa holda kirmang. Tarmoqlar xuddi lupaga o‘xshaydi, ular yaxshilikni ham, yomonlikni ham yanada bo‘rttiradi.

6. Siz do‘stlarni yo‘qotasiz
Bu hol yuqorida aytilganlarning mevasidir. Hasad, achchiqlanish, orzu-havaslarning balandligi, qizg‘anish – ijtimoiy tarmoqlar o‘zimizni salbiy tomondan ko‘rsatish uchun haddan ziyod katta imkoniyatlar beradi. Siz layk, 5 baho va maqtovlar kutasiz, lekin sizga e’tibor berishmadi. Siz do‘stingizga o‘zingiz uchun muhim xabar yozdingiz, u esa, ishi ko‘pligidan javob bermadi. Alam qilmaydimi?
Ijtimoiy tarmoq hyech qachon to‘laqonli muloqotning o‘rnini bosa olmaydi. Sizni nimadir bezovta qilyaptimi? Biror joyda uchrashing va ichingizdagini to‘kib-soching. Sizni albatta tinglashadi va, ehtimol, qo‘llab-quvvatlashadi. Har holda, do‘st(lar)ingizning bor e’tibori sizda bo‘ladi. Ish o‘rtasida sizning xabaringizga birrov ko‘z tashlab qo‘yib, chalg‘itganingiz yoqmay, "OK” yoki "Yo‘g‘eee” deb yozib yuborish qaerda-yu, jonli suhbat qaerda! Tarmoqdan mana shu uchrashuvni tayinlash uchun foydalaning. Aslo dardni doston qilish uchun emas!

7. Ijtimoiy tarmoqlar ko‘zingizga o‘zingizni xunuk ko‘rsatib qo‘yadi
Ijtimoiy tarmoqlar tufayli odamlar o‘zlarini me’yordan ortiq semiz/oriq, pakana/daroz deb o‘ylay boshlaydilar. Feysbuk foydalanuvchilarining 75 foizi o‘z tashqi ko‘rinishidan norozi. Shulardan 51 foizi buning sababi sifatida o‘zlarini boshqalarning suratlari bilan qiyoslashni ko‘rsatadilar.
Категория: Qiziqarli Faktlar | Добавил: Voybu (2019-06-13)
Просмотров: 6 | Теги: IJTIMOIY TARMOQLAR TA’SIRI HAQIDA 7 | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar
Вход на сайт
Логин:
Пароль:
Поиск
Друзья сайта

| WwW.UzShou.CoM © 2019 | |